Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
juz’iy (taxminiy) suv balansi deb ataladi.
Ilmiy va amaliy maqsadlarda yetarli vaqt oralig‘i (bir yil yoki o‘rtacha ko‘p yil) uchun tuzilgan suv muvozanatlaridan foydalaniladi. Ixtiyoriy tanlangan, yuqoridan yer yuzasi bilan, yon tomonlardan uning sirti konturi bo‘ylab o‘tuvchi tik yuzalar bilan va pastdan suv o‘tkazmas tog‘ jinslari qatlami bilan chegaralangan hajm (havza) uchun suv balansi tenglamasining umumiy ko‘rinishini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yuqoridagi shartlarni bajaradigan havza uchun suv balansining kirim qismi quyidagilardan iborat bo‘ladi: - ko‘rilayotgan hajm (havza) yuzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlari ( X ); - havza yuzasida va tuproqgruntlarda kondensatsiyalangan namlik miqdori (E 1 ); - havzaga yuza suv oqimi, jilg‘alar, soylar, daryolar ko‘rinishida kelib qo‘shilgan suv miqdori ( yuza Y 1 ); - yer osti oqimlari ko‘rinishida qo‘shilgan suv miqdori ( osti yer Y 1 ). 92 Suv balansining chiqim qismi quyidagi tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi: - ko‘rilayotgan hajm (havza) yuzasidan bo‘lgan bug‘lanish ( 2 E ); - havzadan yuza suv oqimi, jilg‘alar, soylar, daryolar ko‘rinishida chiqib ketgan suv miqdori ( yuza Y 2 ); - havzadan yer osti oqimlari ko‘rinishida chiqib ketgan suv miqdori ( osti yer Y 2 ). Muvozanatning kirim qismi chiqim qismidan ko‘p bo‘lsa, ko‘rilayotgan hajmda namlik zaxirasi orta boradi va aksincha, chiqim qismining kirim qismidan ko‘p bo‘lishi hajmdagi namlik zaxirasining kamayishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli tenglamaning kirim va chiqim qismlari orasidagi tenglikni hosil qilish uchun uning kirim qismiga 1 U ni, ya’ni vaqt oralig‘i boshida shu hajmdagi namlik zaxirasini hisobga oluvchi a’zoni va tenglamaning chiqim qismiga 2 U ni, ya’ni vaqt oralig‘i oxiridagi namlik zaxirasini hisobga oluvchi a’zoni qo‘shish kerak. Shularni e’tiborga olib, daryo havzasining suv balansi tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: 2 2 yuza 2 2 1 1 yuza 1 1 U U osti yer osti yer У У Е У У Е Х Tenglamani soddalashtirish maqsadida quyidagicha yoamiz: ). U U ( ) ( ) ( ) ( 1 2 1 2 1 2 1 2 osti yer osti yer yuza yuza У У У У Е Е Х Ushbu ifodada , 1 2 У У У yuza yuza , 1 2 Е Е Е osti yer osti yer osti yer У У У 1 2 va U U U 1 2 ekanligini hisobga olib, daryo havzasining suv balansi tenglamasini quyidagicha ixchamlashtirish mumkin: ). U osti yer У E У Х Ko‘p hollarda suv balansi tenglamalari gidrologik yil uchun tuziladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling