Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   200
Bog'liq
pdf

Gidrologik yil deyganda, o‘rganilayotgan daryo havzasida namlikning 
to‘planishi va sarf bo‘lishi davrlarini to‘la o‘z ichiga olgan yillik oraliq tu-
shuniladi. Demak, bu vaqt oralig‘i qorning yog‘ishi, to‘planishi, eriy 
boshlashi va erigan qordan suv oqimi hosil bo‘lishi davrini qamrab oladi. 
Iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o‘lkamizda gidrologik yilning 
boshlanishi sifatida 1 - oktyabr qabul qilingan. "Gidrologik yil" 
tushunchasini kiritish natijasida, tabiiyki, u yildan bu yilga o‘tuvchi suv 
zaxiralari miqdorining eng kam bo‘lishiga erishiladi. Bu esa suv balansi 
tenglamalarini tuzish va boshqa ko‘pgina amaliy masalalarni hal etishda 
qulaylik yaratadi. 
Tabiiy sharoitda, ya’ni daryo oqimi boshqarilmaganda gidrologik yil 
uchun suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 


93 
,
U




E
У
Х
ko‘rinib turibdiki, bu yerda: ±
U

daryo havzasidagi namlik zaxirasining 
o‘zgarishiga bog‘liq holda musbat yoki manfiy ishorali bo‘lishi mumkin. 
Ko‘p yillik oraliq uchun 
U

ni hisobga olmasa ham bo‘ladi, Chunki uning 
musbat va manfiy qiymatlari o‘zaro tenglashadi. U holda daryo 
havzasining suv balansi tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: 
,
0
0
0
E
У
Х


Yuqorida keltirilgan barcha ifodalardagi gidrologik kattaliklarning 
o‘lcham birliklari mmm
3 
yoki km
3
da bo‘lishi mumkin. 
 
8.2. Atmosfera yog‘inlari 
 
 
Ma’lumki, daryo havzasining o‘rtacha ko‘p yillik suv balansi 
tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: 
,
0
0
0
Y
Z
X


bu yerda: 
0
X
- daryo havzasiga yoqqan yog‘inning o‘rtacha ko‘p yillik 
qatlami, mm da; 
0
Z
- daryo havzasidan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik 
bug‘lanish, mm da; 
0
Y
- havzada hosil bo‘lgan oqim qalinligi, mm da. 
Yuqoridagi ifodada keltirilgan kattaliklarni hajm o‘lchov birligi m
3
yoki 
km
3
da ham ifodalash mumkin. 
Gidrologiyada asosiy e’tibor yog‘inlarning yer sirtiga tushgandan 
keyingi holatini o‘rganishga qaratiladi. 
Bug‘lanish natijasida atmosferaga ko‘tarilgan suv bug‘lari elastikligi 
berilgan haroratda maksimal qiymatga etganda suyuq holatga o‘tadi. Suv 
bug‘larining to‘yinishi haroratning pasayishiga bog‘liq. Shuning uchun 
ham suv bug‘lari balandlikka ko‘tarilgan sari to‘yinish nuqtasiga 
yaqinlasha boradi. Suv bug‘larining ko‘tarilishiga va ularning shu 
jarayonda sovushiga quyidagilar ta’sir etadi:
1) yer sirtining kuchli isishi; 
2) ko‘tarilayotgan issiq havo oqimining sovuq havo massalari bilan 
to‘qnashishi;
3) issiq havoning tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilishi. 
Yuqorida qayd etilgan ta’sirlar natijasida suv bug‘lari to‘yinib, 
yog‘inlarni hosil qiladi va ular yer sirtiga yomg‘ir, qor, do‘l ko‘rinishida 
yog‘adi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling