Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   200
Bog'liq
pdf

Mutlaq (absolyut) namlik deb 1 m
3
havoda mavjud bo‘lgan gramm 
hisobidagi suv bug‘lariga aytiladi. Mutlaq namlikni suv bug‘larining 
elastikligi sifatida mb da ham ifodalash mumkin. Uning qiymati 
meteorologik stansiyalarda qurilma balandligi - 2 metrda o‘lchanadi va 
shuning uchun 
200
e
ko‘rinishida belgilanadi.
To‘yingan suv bug‘larining elastikligi (
0
e
) meteorologik stansiyada 
qayd etilgan havo harorati bo‘yicha maxsus jadvaldan aniqlanadi.  
Qor va muzliklar yuzasidan bug‘lanish jarayonida qattiq holatdagi 
suv molekulalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tadi. Bu jarayon 
vozgonka deb ataladi. 
Suv 
bug‘larining 
qor 
qoplami 
va 
muzliklar 
yuzasida 
kondensatsiyalanishi sublimatsiya deyiladi. 
Bug‘lanish bevosita suv yuzasidan va yer sirti - quruqlikdan bo‘lishi 
mumkin. Ular miqdori va jadalligi jihatidan keskin farq qiladi. 
Yer sirti – quruqlikdan bo‘ladigan yalpi bug‘lanish quyidagilardan 
tashkil topadi:  
1) tuproqdan bug‘lanish; 
2) o‘simliklar orqali bug‘lanish - transpiratsiya; 
3) o‘simlik qoplami tanasida ushlab qolingan yog‘inlar hisobiga 
bug‘lanish.
Bug‘lanish miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 
1) bug‘latgichlar usuli; 
2) suv balansi usuli; 
3) turbulent diffuziya usuli; 
4) issiqlik balansi usuli. 
Bug‘lanish miqdorini aniqlashning yuqorida qayd etilgan 
usullarining qo‘llanish sohalari, ularda foydalaniladigan qurilmalar - suv 
va tuproq bug‘latgichlarini ishlatish tartibi, ularning afzalliklari yoki 


97 
kamchiliklari darsliklar va qo‘llanmalarda keng yoritilgan.
Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish masalalarini B.K.Davidov, S.N. 
Kritskiy, M.F.Menkel, K.I.Rossinskiy, B.D.Zaykov va boshqalar 
o‘rganganlar. Bu masala bilan O‘rta Osiyoda A.M.Nikitin, N.E.Gorelkin, 
V.N.Reyzvix kabi olimlar shug‘ullanganlar. 
Bug‘lanishning har qanday turi kabi, suv yuzasidan bo‘ladigan 
bug‘lanish ham eng avvalo nam etishmasligi -
d
va shamolning tezligi 
(

)ga bog‘liqdir. Suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni hisoblash uchun 
olimlar tomonidan quyidagi ifodalar taklif etilgan: 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling