Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


Nazorat savollari va vazifalar


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Nazorat savollari va vazifalar 
1. Yer tuzishda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlarning o‟ziga xos 
xususiyatlarini tushuntirib bering. 
2. Mavjud dasturiy mahsulotlarni qanday darajalarga bo‟lish mumkin? 
3. Uchinchi darajadagi dasturiy mahsulotlarning ustunlik tomonlarini sanab 
bering (birinchi darajali dasturiy mahsulotdarga nisbatan). 
4. GATning YATdan farqi nimalarda namoyon bo‟ladi?
III-BOB. YTLATNI YARATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI 
3.1. YTLAT funktsional tarkibining umumlashtirilgan axborot-mantiqiy 
modeli 
YTLATni yaratish va qurish davrida uni tarkibiy qismlarga bo‟lish, ya‟ni 
uning tarkibini aniqlash zarurati tug‟iladi. Bunday tizim ko‟plab ichki tizimli 
tarkibga ega bo‟lib, o‟z ichiga katta hajmdagi ma‟lumotlarni qayta ishlovchi 
texnologik majmualarni oladi. Foydalaniladigan texnologik jarayonlarning 
rivojlanib va doimiy murakkablashib borishi unga xosdir. 


33 
Tizimlar nazariyasiga mos YTLATni tarkibiy qismlarga bo‟lish, uni yaratish 
bo‟yicha ishlarni yaxshi tashkil etish, ya‟ni tizimni yaratish va ayrim elementlarini 
joriy etishni vaqt va yaratuvchilar bo‟yicha to‟g‟ri taqsimlash imkonini beradi. 
Bunda eng asosiy qoida umumiy masalani yechishga tizimli yondashuvni 
ta‟minlash hisoblanadi. 
Tizimli tahlil uslubiyatiga mos tarzda turli qanday murakkab tizim ko‟rib 
chiqilishi, tarkiblashtirilishi va bir necha darajada modellashtirilishi mumkin: 
elementlar, tarkib, vazifalar va natijalar darajalarida. YTLATni yaratishda barcha 
darajalarda turli xil tarkiblarni ajratish imkoniyatini hisobga olish kerak. Uni 
yaratishning birinchi bosqichida eng asosiy masala, tizimning funktsional va 
ta‟minlovchi qismlarini ajratish hamda ular turli birini pastki darajadagi ichki 
tizimlarga bo‟lish hisoblanadi.
YTLATning funktsional tarkibi deganda o’zaro bog’langan ichki tizimlar, 
bloklar, tizim va uning ayrim bo’laklari bajaradigan vazifalarga mos ajratilgan 
masalalar majmualari yig’indisi deb tushunish kerak. YTLATni funktsional 
tarkiblashning birinchi bosqichida ichki tizimlarni ajratishning asosiga obyekt 
funktsional tamoyilini qo‟yish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu tamoyil tizimni 
nisbatan ajralgan tarkibiy qismlarga bo‟ladi, yer tuzishni loyihalashning turli xil 
turlarini o‟zida mujassamlagan, loyihalashning o‟ziga xos obyektlariga
muddatlariga va bosqichliligiga, olinadigan loyiha hujjatlari tavsifiga ega yoki 
loyiha ishlarini rejalash, amalga oshirish va nazorat qilishni ta‟minlash imkonini 
beradi.

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling