Ikkinchi bob − «Mintaqada xorijiy investitsiyalardan foydalanish
xususiyatlari»ga bag’ishlangan bo’lib, unda barqaror iqtisodiy o’sish sharoitida
Farg’ona iqtisodiy mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini taxlil
qilish orqali mintaqa iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xorijiy
investitsiyalar ishtirokini tadqiq etilgan. SHuningdek, mintaqa avtomobilsozlik
sanoatining mintaqalararo kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va sanoat
klasterini barpo etishdagi o’rni tahlil qilingan.
Uchinchi bobda - mintaqada investitsion muhit jozibadorligini tavsiflovchi
omillar va iqtisotiyotni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish orqali,
iqtisodiy rayon investitsion muhitning jozibadorlik holatini tavsiflovchi omillar,
xorijiy investitsiyalar orqali yaqin istiqbolda mintaqa sanoatini rivojlantirishning
asosiy yo’nalishlari ko’rib chiqilgan.
Ishning xulosa qismida tadqiqot natijalari umumlashtirilib, qo’shma
korxonalarni hududiy tashkil qilish va rivojlantirishga oid muallifning ilmiy-
amaliy tavsiyalari va takliflari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |