Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Tadqiqotning asosiy masalari va farazlari


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

Tadqiqotning asosiy masalari va farazlari. Farg’ona vodiysi ma’muriy

tuzilmalarida, ayniqsa qishloq joylardagi iqtisodiy geografik vaziyatni

takomillashtirishda xorijiy investitsiyalar hududlarning ishlab chiqarish bilan

bog’liq muammolarini bartaraf qilishi va mavjud foydalanilmay turgan




imkoniyatlarini ro’yobga chiqaradi hamda iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlikni

rivojlanishini ta’minlashi mumkin.



Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar taxlili. O’zbekiston va xorijiy

mamlakatlar olimlari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarining joylashtirish va

rivojlantirish hamda  xorijiy investitsiyalar jalb qilish masalalari tadqiq etilgan. Bu

borada eng avvalo G’arbiy Yevropa mamlakatlarida (Germaniya, Frantsiya va b.)

yaratilgan shtandort va geoiqtisod g’oyalari, MDH davlatlarida asos solingan

hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish tsikllari,

respublikamizda shakllangan rayonlarning kompleks rivojlantirish muammolari

kabilar ayniqsa e’tiborga loyiqdir.

O’zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish

masalalari bilan S.K.Ziyodullaev, K.N.Bedrintsev, Z.M.Akramov, SH.N.Zokirov,

M.A.Abdusalomov, T.M.Ahmedov, E.A. Ahmedov, O.Abdullaev,  A.Vahobov,

R.Ya.Dosumov, SH.B.Imomov, O.B.Otamirzaev, A.N.Ro’ziev, A.S. Soliev,

N.S.Sultonov, A.M.Sodiqov, N.To’xliev, A.Qayumovlar shug’ullanishgan. Ayni

paytda mustaqillik yillarida Yu.Ahmadaliev, SH.Jumaxanov, H.Mirzaahmedov va

boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlarida o’rganilgan. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish,

ularning nazariy asoslarini, investitsiya  muhitini,  xorijiy  investitsiyalarni  ishlab

chiqarishning ayrim  tarmoqlaridagi  ahamiyatini va  ular  ishtirokida  tashkil

etilgan  korxonalar  faoliyatini    N.Oblamurodov, J. Akramov,  S. Ubaydullaeva

va boshqalar o’rganishgan.

Tadqiqotchi  N.Oblamurodovning  ilmiy  ishida  esa,  xorijiy

investitsiyalarni  milliy  iqtisodiyotga  yo’naltirishga  oid  ilmiy metodologik

asosni yaratish bosh maqsad qilib belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun

xorijiy  tajribalardan foydalangan holda qiyosiy  tahlilni amalga oshirish bosh

vazifa qilib belgilangan.

J. Akramovning ilmiy  tadqiqot ishida  chuqur iqtisodiy islohotlar sharoitida

xorijiy  investitsiyalardan  to’g’ri  foydalanishning  nazariy asoslarini  kengroq

yoritish  bosh  maqsad  qilib  olingan.  Xorijdan  kirib kelayotgan  investitsiyalarni

sanoat  tarmoqlariga  to’g’ri  yo’naltirish  va ulardan  yuqori  foyda  olish




yo’llarini  ilmiy  asoslangan  holda  tahlil qilish bosh vazifalardan biri qilib

olingan.


Tadqiqotchi S. Ubaydullaevaning ilmiy ishida tadqiqotning maqsadi sifatida

O’zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotiga  xorijiy investitsiyalarni  jalb  qilish,

ulardan  foydalanish  bo’yicha  olib borilayotgan  siyosatning  samaradorligini

baholash  etib  belgilangan. Ushbu tadqiqotni  amalga  oshirishda  asosiy  vazifa

qilib,  xorijiy investitsiyalarni jalb etishda xorij tajribasini o’rganish olingan.

.

Bevosita  qo’shma korxonalar geografiyasi bo’yicha ham ayrim



tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, H.Mirzaaxmedov tomonidan tomonidan

bajarilgan «Sanoatda qo’shma korxonalarni hududiy joylashtirish va rivojlantirish

xususiyatlari» (2003y.) kabi tadqiqotlar ushbu dissertatsiya mavzusiga ancha yaqin

turadi. Ammo, mazkur izlanishlarning asosiy maqsadi sanoat ishlab chiqarishining

hududiy tarkibi va qo’shma korxonalar faoliyatiga qaratilgan.

Lekin  shu  bilan  birga,  xorijiy  investitsiyalar  bilan  bog’liq

o’rganilmagan  muammolar  yetarli darajada bo’lib,  tadqiqotchilar  tomonidan

amalga oshirilgan  ishlardan  farqli  o’laroq,  iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va

modernizatsiyalash sharoitida xorijiy investitsiyalarni  jalb  qilish, ularni

mintaqalar iqtisodiyoti hamda   tarmoqlari tarkibini takomillashtirishga ta’sirlarini

ilmiy tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ushbu ish yuqoridagi tadqiqotlardan Farg’ona

vodiysi (O’zbekiston qismi) iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarning

jalb qilinishi  va uning viloyat ho’jalik tuzilmasidagi ahamiyatini o’rganilganligi

bilan farq qiladi.




Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling