Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu
dissertatsiyada keltirilgan fikr va mulohazalar, natija va xulosalar viloyatlar
xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha dasturlarning hayotga tadbiq etishda, xorijiy
investitsiyalar jalb qilishning samarali tashkil qilish hamda tarmoqlarga jalb
qilinayotgan xorijiy investitsiyalar bilan bog’liq muammolarni taxlil etishga
bag’ishlangan maxsus ilmiy tadqiqot ishlarida ilmiy uslubiy qo’llanma sifatida
foydalanish mumkin.
SHuningdek, dissertatsiya ishining asosiy xulosa va tavsiyalari viloyat, shahar
hamda tuman hokimiyatlari tomonidan ularning xududlarida qulay investitsiya
makonini yaratishda, uning qo’llanilgan metodik asoslari va faktik ma’lumotlari
esa tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlarining amaliy
ishlarida ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |