Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARLAN FOYDALANISH
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARLAN FOYDALANISH
VA JALB ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 1.1. Xorijiy investitsiyalar – iqtisodiyotni modernizatsiyalash va jahon xo’jaligiga intergatsiyalashuvning muhim omili sifatida O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, jahon maydonida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning raqobatbardoshlik darajasini oshirishga ustuvor ahamiyat bermoqda. Jahon tarixiy tajribasi bu maqsadga tadbirkorlik kapitalining xalqaro harakatiga qo’shilmasdan va iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilmasdan, faqat o’z kuch va vositalariga tayangan holda erishish amalda mumkin emasligini ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda jahonda shakllangan xorijiy investitsiyalar bozori investorlar o’rtasida kuchli raqobatga asoslangan bozor hisoblanadi. Unda retsipient mamlakatlar, eng avvalo, rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlar o’z iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun investitsiya muhitini yaxshilash va erkinlashtirish yo’li bilan jiddiy kurash olib borishga majburdir. Bu holat jahon kapital bozorida O’zbekiston Respublikasining mavqeini mustahkamlashni, uning bevosita xorijiy investitsiyalar retsipienti sifatidagi raqobatbardoshlik darajasini yanada oshirishni talab etadi. Iqtisodiyot, eng avvalo, uning real sektori investitsiyalarga muhtojligi, milliy darajadagi ustuvor maqsadlarga, shu jumladan YaIM hajmining barqaror o’sishiga erishish zarurligi bois ham bu vazifa O’zbekiston uchun ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning iqtisodiyotga kirib kelishi va ularning intensivligi bir qancha omillarga bog’liq bo’lib, ularni investitsiya makoni yoki muhiti deb atash mumkin. Investitsiya muhiti iqtisodiyot holatini, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni, texnikaviy, ijtimoiy-tashkiliy, psixologik omillarini, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatning qaysi darajada rivojlanganligini, ularning samarali faoliyat ko’rsatishlari uchun chiqarilgan qonun va qarorlarni, huquqiy makonning mavjudligini, madaniyat va ma’naviyatni investorlar o’z mablag’ini yo’naltirish uchun e’tiborga oladigan hamda ulardan xulosa chiqaradigan boshqa omillarni o’z
tarkibiga oladi. SHu bilan birgalikda, iqtisodiy siyosatni olib borish davlat boshqarish organlarini investitsiya jarayonlarini tartibga solish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvi, Xalqaro bitimlarda ishtirok etish va chet el investitsiyalarini jalb qilish, investitsiya makonining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi 1 .
prognozlashtirishni amalga oshirish uchun normativ-maqsadli metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu metod tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olgan holda, kelajak uchun belgilangan ustuvor milliy maqsadlardan biri – YaIMning 8% dan iborat eng kam yillik o’sishiga erishishni ko’zda tutadi. Ko’rsatilgan omillar asosiy kapitalga investitsiyalarning YaIM ko’payishiga nisbatan tezroq o’sishiga erishish, shuningdek, iqtisodiyotga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar miqdorini ko’paytirishni ichki investitsiyalarning o’sishiga qaraganda jadalroq sur’atlarda amalga oshirish, ya’ni ushbu nisbatlarni aks ettiruvchi elastiklik koeffitsientlarini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish shakllarini diversifikatsiya qilish va qo’llanilayotgan shakllardan foydalanishni yaxshilash istiqbol uchun belgilangan maqsadlarga erishishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. CHet el investitsiyalarini jalb qilishning mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va kontsessiya shartnomalari singari istiqbolli shakllaridan chet el sarmoyasi ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida olinadigan tabiiy rentani davlat foydasiga o’tkazish mexanizmi sifatida foydalanish zarur. Mazkur shakllar va aniq loyihalarni tanlash uchun mezon sifatida investitsiyalarning byudjetga oid samaradorlik ko’rsatkichidan, ya’ni ular mamlakat byudjet tizimining barcha darajalarida keltiruvchi foydani maksimallashtirish mezonidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbekiston chet el investitsiyalarini jalb qilish jarayonini faollashtirish investitsiyalar kiritilishining mamlakatga tegishli manbalarini diversifikatsiya 1 Trofimov A.M. Kishbraziev R.V., Timiryaseva A.V. Investitsionniy klimat regiona: predraspolojennost, tendentsiya i razmeshenie proizvodstv //Novie faktori regionalnogo razvitiya. - M., 1999. s. 26-42. qilishni taqozo etadi. Mamlakatga oid investorlar doirasining kengayishi faqat eng ko’p qulaylik rejimi printsipiga rioya etish doirasida sodir bo’lishi mumkin, ya’ni ayrim mamlakatlardagi investorlar uchun individual imtiyozlardan foydalanish butunlay istisno etiladi. Investitsiya muhitini umumiy tarzda yaxshilash va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish muayyan mamlakatlardan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari oqimlarini ko’paytirishning istiqbolli vositalari hisoblanadi. Kelajak uchun mo’ljallangan investitsiya siyosatini amalga oshirishda O’zbekiston, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa mamlakatlar singari, moliyaviy imtiyozlardan ham ko’ra fiskal imtiyozlar (soliq va boj imtiyozlari)ga ko’proq e’tibor qaratishiga to’g’ri keladi. Bunda imtiyozlarni mumkin qadar uzoq muddatga berish (ustuvor yo’nalishlarni rivojlantirish uchun kamida 5-10 yil talab etiladi) va ularni mazkur davr mobaynida o’zgartirmaslik maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyotga kelajakda mamlakatning o’sib borayotgan ehtiyojlari, manfaatlari va eng muhim milliy maqsadlariga mos keluvchi ko’lam va tarkibiy tuzilishga ega bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish vazifasi davlat tomonidan ularni tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini, shu jumladan, qonunchilik-huquqiy bazasini, shuningdek ma’muriy tuzilmalar va ularning faoliyat usullarini takomillashtirilishini taqozo etadi. Quyidagi tadbirlar xorijiy investitsiyalar sohasida davlat tomonidan tartibga solish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari bo’lmog’i lozim: – chet ellik investorlar faoliyatining huquqiy bazasini takomillashtirish; – xorijiy investitsiyalarni boshqarishning institutsional tuzilmasini yaxshilash, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga oid davlat siyosatini ishlab chiqish, chet ellik investorlar bilan o’zaro aloqani tashkil etish va ularning samarali faoliyati uchun tashkiliy sharoitlar yaratish; –chet el investitsiyalarining hajmlari va tuzilmasini yanada aniq baholash uchun statistik ma’lumotlar yig’ish va ular bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;
– mintaqalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosatini rivojlantirish, shu jumladan respublika va viloyat darajalarida to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini tartibga solishni muvofiqlashtirish; – xorijiy investitsiyalarni xalqaro miqyosda tartibga solishda ishtirok etishni faollashtirish, shu jumladan kapital qo’yilmalarni rag’batlantirish va himoya qilish hamda ikki tomonlama soliq solishni istisno etish to’g’risida bitimlar tuzish. Yuqoridagi bildirilgan mulohazalarga asoslanib, quyidagi xulosa va takliflarni bildirish mumkin. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan va o’zaro raqobat kuchaygan hozirgi sharoitda mamlakatning xorijiy investitsiyalar retsipienti sifatidagi mavqeini mustahkamlash vazifasi bu boradagi siyosatni mustahkam ilmiy asosga tayangan holda ishlab chiqishni talab qiladi. Uning zamirida xorijiy investitsiyalarga doir zamonaviy nazariyalar yotadi. Bu nazariyalar orasida Maykl Porterning mamlakatlar raqobatbardoshligi va J.Danning tomonidan ilgari surilgan eklektik nazariyalar alohida o’rin egallaydi. Ularning raqobatbardoshlik rombi, lokal ustunliklar va eksport pozitsiyalari kontseptsiyasi singari elementlari O’zbekistonning xorijiy investitsiyalar retsipienti sifatidagi mavqeini mamlakat iqtisodiyotining o’tish davrini boshdan kechirayotgani, uning “yangi paydo bo’layotgan bozorlar”ga mansubligini va milliy sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Oxirgi 10-15 yil ichida jahon xo’jaligida ulkan o’zgarishlar yuz berdi. Jahon xo’jaligining globallashuvi sharoitida xorijiy investitsiyalarning mavjud shakllari hamda ularda yuz bergan miqdor va sifat o’zgarishlarining har tomonlama tahlili asosida to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining yangi turi aniqlandi. Ilgari mavjud bo’lmagan iqtisodiy kategoriya sifatida shakllangan xorijiy investitsiyalarning yangi turiga “globallashgan chet el investitsiyalari”, degan nom berish mumkin. Ular mavjud shakllardan asosan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: – bu investitsiyalarning yuksak texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlariga jalb qilinishi; – bitimlarning aksariyati mahsulot taqsimotiga oid bitimlar shaklida bo’lishi; – transmilliy kompaniyalarning “mustaqil” filiallari tomonidan to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarning qat’iy nazorat ostiga olinishi va bosh kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan xorijiy investitsiyalarga oid yagona strategiyaning tarkibiy qismi hisoblanishi; – bu jarayonga jalb etilgan ishchi kuchi tayyorgarlikdan o’tgan va yuqori malakali bo’lsa, mehnattalab faoliyat turlarining “globallashgan xorijiy investitsiyalar” toifasiga kiritilishi. Xorijiy investitsiyalarning hozirgi jahon bozori investorlarning, eng avvalo, kapitalni joylashtirish uchun mamlakat va tarmoqlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan transmilliy kompaniyalarning kuchli raqobatga asoslangan bozori hisoblanadi. SHu bilan birga retsipient mamlakatlar xorijiy tadbirkorlik kapitalini kirituvchilarga investitsiya muhitini yaxshilash orqali ularni yanada keng jalb qilish uchun keskin raqobat kurashi olib borishga majburlar. Bu sohadagi erkinlashtirish jarayonlari so’nggi o’n yillikda xorijiy investitsiyalar jahon bozoridagi umumiy tendentsiyaga aylandi. Mamlakatlar, mintaqaviy integratsion birlashmalar, shuningdek, bu boradagi qoidalarni belgilovchi Butunjahon savdo tashkiloti, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti singari xalqaro iqtisodiy tuzilmalar tomonidan uzoqni ko’zlovchi choralar ko’rilmoqda. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining retsipienti bo’lgan mamlakatlarning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash maqsadida modernizatsiya qilingan romb quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: a) to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga bo’lgan talabni; b) omillar, infratuzilma va bozor sharoitlarini; v) korporatsiyalar strategiyasini; g) davlat siyosatini. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga talab iqtisodiyot real sektorining investitsiyaga bo’lgan ehtiyoji bilan belgilanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyot real sektorining asosiy fondlarini moliyalashtirish manbalarining cheklangani bois, bu fondlarni modernizatsiya qilish va yangilash uchun investitsiyalarga katta ehtiyoj mavjud. Bu ehtiyojni ta’minlashni davlat byudjeti ham, tijorat banklarining kreditlari ham, fondlar bozori ham o’z zimmasiga olishga qodir emas. Kelajakda mamlakatimiz xususiy va aralash sektorlari korxona- tashkilotlarining o’z mablag’lari asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirishning yetakchi manbai bo’lib xizmat qiladi, deyish mumkin. Ammo bu korxona va tashkilotlarning imkoniyatlari ham ancha cheklangan. Bunday sharoitda to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalariga talabning kuchayishi, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni amalga oshirishda ularning o’rni va ahamiyati oshishi muqarrardir. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarining hajmlari va dinamikasini makroiqtisodiy prognozlashtirishni amalga oshirishda asosiy metod sifatida elastiklik koeffitsientlaridan foydalanishga asoslangan normativ-maqsadli metod qabul qilingan. Bu metodni qo’llash jahon iqtisodiyotida O’zbekistonning, jumladan, to’g’ridanto’g’ri chet el investitsiyalari retsipienti sifatidagi mavqeini mustahkamlashdek strategik vazifadan, shuningdek, kelajak uchun belgilangan ustuvor milliy maqsadlardan biri – YaIMning 8% dan iborat eng kam yillik o’sishiga erishishdan kelib chiqadi. Yuqorida bayon etilgan holat hamda vazifalarni hisobga olganda, asosiy kapitalga investitsiyalarning o’sish sur’ati yiliga 10-12% dan kam bo’lmasligi kerak. Ichki moliyalashtirish manbalarining katta imkoniyatlarini inobatga olganda, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish yanada jadal – bir yilda 15-20% ga o’sishiga erishish lozim. Pirovardida ta’kidlash joizki, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish shakllarini diversifikatsiya qilish va ulardan foydalanishni optimallashtirish mamlakatning raqobatbardoshligini mustahkamlash va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni investitsion jarayonni faollashtirishning ta’sirchan omiliga aylantirishning zaruriy shartidir. Korxonalarni chet ellik hamkorlarga aniq investitsion majburiyatlar asosida berish, ularni xususiylashtirish jarayoniga investitsion tanlovlar orqali yanada faol jalb etish, xalqaro moliyaviy ijara (lizing) bu boradagi istiqbolli shakllar hisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb qilish shakllari va loyihalarini tanlash va baholash mezoni sifatida mamlakat, ayrim mintaqalar va hududlarning manfaatlarini hisobga olish imkonini beruvchi byudjet samaradorligi ko’rsatkichlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling