O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT
INSTITUTI
«Izlash va qidirish ishlarini baholash» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha
USLUBIY KO‘RSATMA
5311700- “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” ta’lim yo‘nalishi uchun
Qarshi – 2023 y
|
Uslubiy ko‘rsatma “Izlash va qidirish ishlarini baholash” fani bo‘yicha o‘quv dasturiga muvofiq 5311700 “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (neft va gaz konlari)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: «Foydali qazilmalar geologiyasi va
razvedkasi» kafedrasi dotsenti
T.N.Yarboboyev
«Foydali qazilmalar geologiyasi va
razvedkasi» kafedrasi katta
o‘qituvchisi K.M.Usmonov
Taqrizchilar: QMII, «Neft va gaz ishi»
kafedrasi dotsenti v.b.
B.Nomozov
«Foydali qazilmalar
geologiyasi va razvedkasi»
kafedrasi katta o‘qituvchisi
F.O.Jurayev
“Izlash va qidirish ishlarini baholash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma “Foydali qazilmalar geologiyasi va razvedkasi” kafedrasining 2022 yil “__”___dagi №__-sonli, “Geologiya va konchilik ishi” fakulteti Uslubiy kengashining 2022 yil “__”___dagi №__-sonli va Institut Uslubiy Kengashining 2022 yil “__”___dagi №__-sonli yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib tasdiqlangan.
Uslubiy ko‘rsatmada uglevodorodlarni izlash-qidirishning turli bosqichlarida iqtisodiy samaradorlik baholash usullari umumlashtirilgan. Unda ishlarning smeta narxi, geologik qidiruv ishlari kompleksining geologik-iqtisodiy samaradorligi, konni sanoatdagi bahosini aniqlash, ilmiy va tematik ishlarning samaradorligini aniqlashning amaliy hisoblashlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |