Қудуқ қирилишининг лойиҳавий даволийлигини асослаш


Download 491.5 Kb.
bet3/8
Sana08.11.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1758292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Izlash va kidirish ishlarini baholash Amaliy mashg‘ulotlar uchun

AMALIY MASHG’ULOT №1


SEYSMORAZVEDKA ISHLARINING GEOLOGIK-IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Seysmik qidiruv ishlarining 2D texnologiyasini samaradorligi boshoratlangan va istiqbolli resurslarning D, С3 toifalarining miqdori, resurslar birligiga solishtirma xarajatlar, tebranishlarni yuzaga keltirishning turli manbalarini solishtirganda ishlarning narxini iqtisodi bilan baholanadi.


3D texnologiyani qo‘llashdan iqtisodiy samaradorlik esa konlarni qidirish va ishlatishning butun kompleksini hisobga oladi:

  • С2 va С1 toifa zaxiralarning o‘sishi;

  • kam axborotli qidiruv va past debitli ishlatish quduqlarining miqdorini qisqarishi hisobiga iqtisod qilish;

  • mag‘suldor saqlagichning modelini aniqlash hisobiga ishlatish rejimini optimallashtirish;

  • yangi obyektlarni aniqlash hisobiga С3 resurslarni o‘sishi;

  • 3D texnologiyasini amalga oshirishning narxi, ma’lumotlarni qayta ishlash va interpretatsiya qilish.

Texnik vositalarning samaradorligini ko‘tarilishi, tashkil etishning va ma’lumolarni yig‘ish texnologiyasini takomillashgani hisobiga seysmorazvedkaning 3D usulini qo‘llash iqtisodiy jihatdan asoslangan. metodik tavsiyalarga muvofiq 3D usulining iqtisodiy samaradorligini quyidagi sxema bo‘yicha hisoblash mumkin:
1. Samarador kollektorlar tarqalgan qo‘shimcha maydonlarni ajratish hisobiga oshgan С2 toifa zaxiralarning narxini baholash quyidagi formula bo‘yicha:

bu yerda, ΔМ – С2 zaxiralarning o‘sishi, t.;
ΔS – mahsuldor gorizontning qo‘shimcha maydoni;
q(xy) – maydon bo‘yicha samarali qalinlik (Hsam.) va g‘ovaklikni (Kg‘.) o‘zgarishini hisobga oladigan, zaxiralarni solishtirma zichligi funksiyasi;
pC2 – 1 tonna C2 zaxiralarning narxi.
konda bir nechta mahsuldor qatlam bo‘lganda iqtisodiy samaradorlik bu pozitsiya bo‘yicha har bir qatlam bo‘yicha Q1 baholarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
2. 3D ma’lumotlariga ko‘ra kolletorning chegarasini aniqlash va hisoblash parametrlari xaritasini olish natijasida iqtisod qilingan qidiruv quduqlarini narxini baholash:
,
bu yerda, P – aniq sharoitlarda qidiruv quduqlarini burg‘ilash va tadiqiqot qilish narxi;
N – iqtisod qilingan qidiruv quduqlari soni.
3. Ishlatish loyihasiga muvofiq kollektorlarning qisqargan yoki ahamiyatli yomonlashgan qismlarida joylashgan, bekor qilingan norentabel ishlatish quduqlarining narxini baholash:
,
bu yerda L – ishlatish qudug‘ini burg‘ilash narxi;
C – bekor qilingan norentabel quduqlar soni.
4. 3D ma’lumotlariga ko‘ra saqlagichning modelini aniq tasvirlash va ishlatish loyihasiga muvofiq ishlatish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etishni talab qiladigan ishlar hisobiga ishlatish rejimini modellashtirish sifatini ortishi bog‘liq bo‘lgan iqtisodni baholash.
5. 3D tadqiqotlari jarayonida turli stratigrafik sathlarda yangi aniqlangan antiklinal va noantiklinal turdagi obyektlar uchun С3 toifa resurslarning narxini baholash quyidagi formula bo‘yicha bajariladi:
,
bu yerda, R – yangi aniqlangan barcha obyektlarning jami maydoni;
g – 3D o‘tkazilgan rayon uchun resurslarning o‘rtacha zichligi, ming tonna/km2;
рC3 – shu region uchun bir tonna С3 resurslarning narxi.
3D texnologiyasini qo‘llashdan jimi iqtisodiy samaradorlik yuqoridagilarning jami , 3D dala ishlarini o‘tkazish (ma’lumotlar yig‘ish, qayta ishlash, intarpretatsiya – Q5) narxini ajratgan holda baholanishi mumkin:

3D texnologiyasining iqtisodiy samaradorligini ma’lum ma’noda shartliligini ko‘rsatib o‘tish lozim. unda ikkita omil hisobga olinmagan:
Birinchi – konni ishlatishni optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, yuqorida 4 punktda ko‘rsatilgan oshiriladigan samaradorlik;
Ikkinchi - ham plyus, ham minusga o‘zgaruvchi yig‘indining iqtisodiy samaradolik ko‘rsatkichlari.



Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling