Қудуқ қирилишининг лойиҳавий даволийлигини асослаш


Download 491.5 Kb.
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1758292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Izlash va kidirish ishlarini baholash Amaliy mashg‘ulotlar uchun

AMALIY MASHG’ULOT №2


QUDUQ QURILISHINING LOYIXAVIY DAVOMIYLIGINI ASOSLASH

Quduqlarni burg‘ilash va mustahkamlashning davomiyligi normativ karta tuzish asosida aniqlanadi. Bu hisoblashlar uchun burg‘ining normativ ish ko‘rsatkichlari alohida stratigrafik gorizontlar bo‘yicha, neft va gaz hamda boshqa foydali qazilmalarga quqduqdar burg‘ilashga yagona vaqt meyorlari qo‘llanmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Loyihalangan mexanik burg‘ilash ma’lumotlari va alohida oraliqlarni burg‘ilab o‘tish bo‘yicha amaldagi meyorlar asosida quyidagilarning normativ davomiyligi hisoblanadi:



  • mexanik burg‘ilash;

  • burg‘ilash instrumentini tushirish va ko‘tarish;

  • burg‘i va turboburni almashtirish;

  • tayyorgarlik-yakuniy va boshqa ishlar;

  • ta’mirlash ishlari.

Mexanik burg‘ilash vaqti alohida oraliqlar bo‘yicha bir metrni burg‘ilashga loyihalangan vaqtni oraliqning qalinligi ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Ko‘tarib-tushirish operatsiyalar vaqti har bir burg‘ilash oralig‘i uchun instrumentni reyislar soni, svechalarni ko‘tarish va tushirishlar soni, instrumentni ko‘tarish va tushirishning vaqt normalarini yuriqnomadan olingan hisoblari asosida belgilanadi. Tayyorgarlik – yordamchi ishlarning vaqti yagona va mahalliy vaqt normalaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ta’mirlash ishlarining hajmi har bir oraliq uchun burg‘ilashning mahsuldorlik vaqtiga aniqlangan protsenti bo‘yicha belgilanadi.
Quduqlarning chuqurligi katta bo‘lgan konlarni burg‘ilash va qidirish alohida hollarda ko‘tarib-tushirish va tayyorgarlik yordamchi ishlar vaqtini aniqlash uchun kompleks normalardan foydalanish mumkin.
“Maket poiskov metorojdeniy (zalejey) nefti i gaza” ga muvofiq izlov quduqlarining qurish davomiyligi o‘tishning geologik-texnik sharoitlari o‘xshash bo‘lgan qo‘shni maydonlarda quduqlarni qurish ma’lumotlariga asosan aniqlanadi. Ular minora ostidagi hududni tozalash, minora qurish va burg‘ilash jihozlarini montaj qilish, burg‘ilashga tayyorgarlik ishlari, burg‘ilash va burg‘ilash jihozlarini demontaj qilish, sinashga tayyorgarlik va quduqlarni mahsuldorlikka sinash jarayoni bilan bog‘liq ishlar siklini o‘z ichiga oladi.
Quduqlarni burg‘ilash davomiyligini aniqlash asosida muvofiq ravishda burg‘ilashning normativ tezligi hisobalandi:

bu yerda Н - quduqning loyihadagi chuqurligi, m.

Misol. Loyihalanayotgan obyektda izlov burg‘ilash har birining chuqurligi 3000 m, umumiy hajmi 9000 pog.m. bo‘lgan uchta quduqni qurish bilan amalga oshirilishi lozim.
Asos quduq sifatida qo‘shni madondagi quduq qabul qilingan, chunki burg‘ilash jihozlari, minora, minora qurish va uni montaj qilish sharoitlari bir xil.
Minora qurishning davomiyligi tasdiqlangan zonal loyiha va smeta bo‘yicha 40 kun.
Loyihalangan tezligi burg‘ilash korxonasi tomonidan erishilgani bo‘yicha va asos quduq bo‘yicha 453 m/st.oy. ni tashkil etadi. Shunga muvofiq loyihalangan quduqning burg‘ilash davomiyligi quyidagini tashkil etadi:

Mahsuldorlikka sinash ishlatish tizmasi bilan mustahkamlangandan sung 8 ta obyektda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yaqin maydonlardagi burg‘ilangan quduqlar bilan o‘xshashligi bo‘yicha bu ishlarning davomiyligi quyidagini tashkil etadi:
a) birinchi obyektni sinash – 27,4 kun.
b) keyingi obyektlarni sinash – 7x21,7=151,9
v) beshta sinash obyektida tuz kislotali ishlov berish
5x14,3=71,5 kun.
Shunday qilib bitta quduqni qurish davomiyligi taxminan quyidagini tashkil etadi:

  1. Minora qurish va jihozlarni o‘rnatish – 40 kun.

  2. Burg‘ilashga tayyorgarlik ishlari va 0-3000 m oraliqda burg‘ilash – 199 kun.

  3. Ishlatish tizmasi bilan mutahkamlangandan so‘ng 8 ta obyektni sinash – 250,8 kun

Chuqurligi 3000 m bitta quduqni qurishning jami davomiyligi:
40+199+250,8= 489,8 kun yoki 8,4 oy.
Loyihalangan maydon bo‘yicha izlov ishlarining umumiy vaqti davomiyligi: 489,8x3+1469,4 kun yoki 49 oy.



Download 491.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling