Қудуқ қирилишининг лойиҳавий даволийлигини асослаш
Quduq qirilishining loyihaviy davoliyligini hisoblash uchun variantlar
Download 491.5 Kb.
|
Izlash va kidirish ishlarini baholash Amaliy mashg‘ulotlar uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quduqning chuqurligi, m Quduqlar soni, dona
- Obyektlarni sinash Kislotali ishlov obyektlari
- Obyektlar soni, dona Har bir obyektga sarflanadigan vaqt, kun
- AMALIY MASHG’ULOT №3 IZLASH VA QIDIRISH ISHLARININING IQTISODIY SAMARADORLIGINI HISOBLASH
- Maydonda izlov ishlarining geologik-iqtisodiy samaradorligi va asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
- Ko‘rsatkichlar O‘lchov birlgi Miqdori
Quduq qirilishining loyihaviy davoliyligini hisoblash uchun variantlar
1-jadval.
AMALIY MASHG’ULOT №3 IZLASH VA QIDIRISH ISHLARININING IQTISODIY SAMARADORLIGINI HISOBLASH Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi bitta ko‘rsatkich bilan o‘lchanishi mumkin emas. Shunga asosan (geologik qidiruv jarayonini bosqichlar va territoriyalar bo‘yicha tashkil qilish, ishlab chiqarish ishlari turlarini komplekslash, qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning xususiyatlari, tabiiy omillar va boshqalar) geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi turli ko‘rsatkichlar tizimi yordamida o‘lchanishi lozim. Geologik qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi natural (ishlarning samaradorligini alohida bosqichlar va turlari bo‘yicha baholash uchun) va narxli (xarajatlar samaradorligini baholash uchun) ifodaga ega bo‘lishi mumkin. Xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan samaradorlikni aniqlash uchun jamlama yoki umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar (zaxiralarning pulli bahosi, xarajatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularni o‘zini oqlashi) zarur bo‘ladi. Maydonda olib boriladigan izlov ishlarining samaradorligini quyidagicha aniqlanadi. Bir metr izlov qudug‘ini burg‘ilash ishlarining samaradorligi С3 toifadagi neft, gaz va kondensat zaxiralarining Q o‘sishini burg‘ilash ishlarining umumiy hajmiga V nisbatidan iborat: Bitta izlov qudug‘ini burg‘ilashning samaradorligi С3 toifadagi neft, gaz va kondensat zaxiralarining Q o‘sishini burg‘ilanadigan izlov quduqlarining umumiy soniga nisbatidan iborat: S3 toifadagi neft, gaz va kondensat zaxiralarining 1 tonna shartli yoqilg‘isiga izlov ishlarining narxi geologik izlov ishlariga xarajatlarning zaxiralarning o‘sish miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: Hisoblash natijalaridan olingan ma’lumotlar quyidagi jadval ko‘rinishida ifodalanadi. Maydonda izlov ishlarining geologik-iqtisodiy samaradorligi va asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 2-jadval
Misol. Maydonda izlov ishlarini olib borish uchun 3 ta quduqni burg‘ilash ishlari loyihalangan. Bu quduqlarning chuqurligi 3800 metrdan bo‘lib, umumiy uzunligi 11400 metrni tashkil etadi. Maydonda geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun quyidagi miqdorda kapital xarajatlar rejalashtirilgan: - izlov ishlari va tuzilmani chuqur burg‘ilashga tayyorlash ishlariga xarajatlar 40698476 ming so‘m; - bitta loyihalangan quduqni qo‘rishga ajratilgan mablag‘lar 5656981 ming so‘m; - 1 metr loyihalangan burg‘ilashga xarajatlar 1488,7 ming so‘m; - maydonda izlov burg‘ilash ishlariga ajratilgan xarajatlar 21213677 ming so‘m; - izlov ishlariga umumiy xarajatlar 61912153 ming so‘m; Maydonda neft zaxiralarining kutiladigan o‘sishi quyidagini tashkil etadi: Jami shartli yoqilg‘i – 1024 ming tonna. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib maydonda olib boriladigan izlov ishlarining samaradorligini aniqlaymiz. Bir metr izlov qudug‘ini burg‘ilash ishlarining samaradorligi S3 toifadagi neft zahiralarining Q o‘sishini burg‘ilash ishlarining umumiy hajmiga V nisbatidan iborat. Shunga muvofiq maydonda 1 metr burg‘ilash ishlarining samaradorligi: Э = 1024000 : 11400 = 67,4 t/m. Bitta izlov qudug‘ini burg‘ilashning samaradorligi С3 toifadagi neft zaxiralarining Q o‘sishini burg‘ilanadigan izlov quduqlarining umumiy soniga nisbatidan iborat. Maydonda bitta izlov qudug‘ining samaradorligi: Эqud.=1024000:3=269,5 ming tonna neft С3 toifadagi neft zaxiralarining 1 tonna shartli yoqilg‘isiga izlov ishlarining narxi geologik izlov ishlariga xarajatlarni zaxiralarning o‘sish miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Maydonda izlov ishlarining zaxira birligidagi narxi: Сп=61912153:1024=60461,1 so‘m/ming tn. Download 491.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling