Uglerod Uglerod (lotincha: lot. Carbo — kumir, lotincha: Carboneum), C


Download 0.52 Mb.
bet5/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1406914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Adolat kimyo uglerod elementi

Toksik ta’sir


Uglerod atrof-muhitga avtotransport chiqindisi, ko’mir issiqlik elektr stantsiyalarida yoqilganda , ochiq konlarda, yer osti gazlashtirilganda, ko’mir kontsentratlarini ishlab chiqarishda va boshqalar yo’llar bilan chiqadi.
Yonish jarayonida uglerodning konsentratsiyasi 100-400 mg / m³, yirik shaharlar 2,4— 15,9 g / m³, qishloq joylarda 0,5–0,8 µg / m³ tashkil etadi. AESdan chiqadigan gaz aerozollarining miqdori (6–15) ⋅10 9 Bq /sutka 14 CO2 .
Atmosfera aerozollarida uglerod miqdori yuqori bo’lganda ko’p kasalliklar kelib chiqadi, ayniqsa yuqori nafas yo’llari va o’pka kasalligi ko’payishiga olib keladi.
UGLEROD (IV) OKSID, karbonat angidrid, CO2 — uglerodning kislorodli birikmasi, uglerod oksidlanishining oxirgi mahsuloti. 1956-yilda shotlandiyalik olim J. Blek magniy karbonat parchalanganda gaz chiqishini aniqlagan (CO2 ning tarkibini 1789-yilda A. Lavuazye belgilab bergan), CO2 rangsiz gaz boʻlib, oʻziga xos salgina achimsiq hidi va mazasi bor. 0° va normal sharoitdagi zichligi 1,977 g/l; kritik temperaturasi 31,3°, kritik bosimi 7,3 MPa. —78,5° gacha sovitilganida qor kabi oq tusli qattiq jiyemga — "quruq muzga" aylanadi. Suyuq CO2 tez bugʻlanganida ham qattiq CO2 hosil boʻladi. U odatdagi bosimda — 78,5° da suyuqlanmasdan toʻgʻridantoʻgʻri gaz holatiga oʻtadi. Qattiq SO, 5MPa bosimda — 56,7°da suyuqlanadi. Suv, spirt va efirda eriydi. Suv bilan birikib karbonat kislota N2CO3 hosil qiladi. Odatdagi sharoitda kimyoviy nofaol modda, boshqa moddalarning yonishiga yordam bermaydi, lekin faol metallar (mas, magniy) CO2 atmosferasida yonishni davom ettiradi. Laqqa choʻgʻ holatidagi kaltsiy CO2 bilan reaksiyaga kirishtanida kaltsiy karbid CaC2 va kaltsiy oksid SaO hosil boʻladi. Choʻgʻ holatidagi koʻmir bilan reaksiyaga kirishib uglerod (P)oksid CO ga, 200° da mis oksid (katalizator) ishtirokida vodorod bilan reaksiyaga kirishib, metanga, yuqori trada ammiak bilan birikib, karbamid CO(NH2)2 ga aylanadi.
Tabiatda CO2 organik moddalarning chirishi, bijgʻishi va kuyishi kabi oksidlanish jarayonlari natijasida hosil boʻladi. Yoqilgʻi yonganida ham CO2 paydo boʻladi. Havoda CO2 hajm jihatidan 0,03% ni tashkil qiladi. CO2 organizmda moddalar almashinuvi mahsulotidir. U fotosintez jarayonida ham ishtirok etadi.
Texnikada ohaktosh yoki boʻrni kuydirib, lab.larda marmarni xlorid kislota bilan parchalab olinadi.
CO2 oziq-ovqat sanoatida, "quruq muz" tayyorlashda, oʻt oʻchirishda, kimyo sanoatida soda, mochevina, oksikarbon kislotalar hosil qilishda, portlatish ishlarida keng qoʻllanadi.
Havoda CO2 miqdori 1,5—3% dan oshea, kishida bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va koʻngil aynishi paydo boʻladi. 6% dan oshea, kishi ish qrbiliyatini yoʻqotadi va hayoti xavf ostida qoladi. Zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, sunʼiy nafas oldirish kerak.
Ballonlardagi suyuq va gazsimon uglerod dioksidi gazsimon uglerod dioksid suyuqligidan tashkil topgan (karbonat angidrid, karbon dioksid) bo’lib, ammiak chiqindi gazlar, shuningdek, boshqa yonish mahsulotlar (past harorat suyuqlik, yuqori bosim suyuqlik va gaz) asosida olinadi.
Ballonlardagi suyuq va gazsimon uglerod dioksidi gazli ichimliklarni ishlab chiqarish, ballonlarni payvandlash jarayonida himoya muhitini yaratish uchun ishlatiladi.
Shuningdek, oziq-ovqatni saqlash uchun keng miqyosda ishlatiladi, hamda ikki karra yuqori sovutish quvvatiga ega.
Kimyoviy formula - СО2

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling