Uglevodlar almashinuvi boshqarilishining buzilishlari
Uglevodlar almashinuvi buzilishi ko’rinishlari
Download 8.51 Kb.
|
uglevodlar almashinuvi boshqarilishining buzilishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglevod almashinuvi buzilganda yuzaga chiqadigan kasalliklar
Uglevodlar almashinuvi buzilishi ko’rinishlari
Uglevod almashinuvi buzilganda yuzaga chiqadigan kasalliklar
Galaktozemiya
Kelib chiqish sabablari: Organizmda boradigan normal metabolizm jarayonida, ovqat mahsulotlari tarkibidagi laktoza, fermentlar ta'sirida glyukoza galaktozagacha parchalanadi. Galaktezimiya kasalligida ushbu jarayonni amalga ishiradigan ferment galaktozo-1-fosfaturidiltransferaza yetarli darajada ishlab chiqarilmaydi yoki ushbu fermentni ishlab chiqarilishiga javobgar bo’lgan genning mutatsiyaga uchraganligi sababli, umuman ishlab chiqarilmaydi. Qandli diabet Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi. Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi. Download 8.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling