SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 72
hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo`jaligi,
turistik va mehnat
salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash kabi vazifalar O`zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasining III-ustuvor yo`nalishi
"Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari"da o’z aksini
topgan.
O’zbekiston Respublikasining yoqilg’i-energetika
bazasining asosini tashkil
qiluvchi gaz sanoati dunyo hamjamiyatida o’ziga xos nufuzga ega bo’lib, Markaziy
Osiyodagi polimer va tabiiy gaz bo’yicha asosiy eksportyor sanaladi. “Uzbekneftgaz”
ma’lumotlariga ko’ra o’zbek gazining eksport strukturasi Xitoyga 8 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚
3
,
Rossiyga 4,5 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚
3
, Qozog’istonga 2,5 𝑚𝑙𝑟𝑑. 𝑚
3
hamda
Markaziy Osiyoning
boshqa mamlakatlariga 500 − 550 𝑚𝑙𝑛. 𝑚
3
dan tashkil topgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tabiiy yoqilg’i gazlar metan qatori uglevodorodlari aralashmasini o’zida
namoyon etadi. Ayrim konlardan chiquvchi gazlarida nordon komponentlar (vodorod
sulfid, uglerod ikki oksidi, azot,
kislorod, kamchil gazlar – geliy va argon) bo’ladi.
Shuningdek, barcha tabiiy gazlarni doimiy hamrohi suv bug’laridir.
Tabiiy gaz tarkibidagi keraksiz kimyoviy qo’shimchalrga – oltingugurt saqlovchi
zaharli va korrozion tajovvuzkor birikmalar,
ugleroq dioksidi shuningdek,
uglevodorodli gazning yonish issiqligini pasaytiruvchi yonmaydigan inert gazlar
mansub (1-rasm).
1-rasm.
Uglevodorodli gaz xomashyolari tarkibi
Gazlarni tashish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish qurilmalari,
jihozlari
hamda quvuruzatkichli kommunikatsiyalarga korrozion tajovuzkor tavsifga ega,
ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatib inson hayotiga jiddiy xavf tug’diruvchi
nordon
gazlarni utillash bugunnning ustivor vazifalaridan biri sanaladi.
Nordon gazlar (ayniqsa namlik ishtirokida) yuqori korrozion ta’sir namoyon qilib,
katalizatorlarni zaharlaydi. Vodorod sul’fidi va uning
yonish mahsulotlari zaharli
sanalib, tevarak atrofga zararli ta’sir o’tkazadi.