Uglevodorodli gazlar tarkibidagi nordon komponentlar
www.scientificprogress.uz
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
uglevodorodli-gazlar-tarkibidagi-nordon-komponentlar-va-ularni-gazning-xossalariga-ta-siri (1)
www.scientificprogress.uz
Page 76 Gazda shuningdek, karbonil sul’fidi (СОS), uglerod sul’fidi (СS 2 ) va shu kabi boshqa komponentlarga standartda alohida to’xtalmay, gazdagi oltingugurtli birikmalarning umumiy miqdoriga cheklamalar o’rnatilgan. MUHOKAMA Gaz sanoati mahsulotlarini transportirovkalash, saqlash va ishlatishda ishonchligini ta’minlash uchun ular standart va texnik shartlarda keltirilgan ma’lum talablarga javob berish kerak. Biroq, amaliyotda reglamentlovchi hujjatlardagi barcha talablarga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydigan vaziyatlar ham ko’p uchraydi. Masalan, gazkondensatli konlarni ishlatishning yakuniy bosqichida tarmoq standarti talablariga javob beradigan tovar gaz olish uchun tizimga sun’iy sovutish qurilmasi (SSQ)ni kiritish talab etiladi. SSQini qurish va ishlatish xarajatlari gazni mujassam tayyorlash qurilmasining qo’shimcha mahsulotidan keladigan daromadidan oshib ketadi. Gaz naqliyo tizimining yuqori samarali ishlashini tashkil etish uchun gazning sifat ko’rsatkichlarini belgilashga kompleks yondashuvlar taklif qilingan. Taklifning mohiyati OST ni bir magistral quvuruzatkichga aloqador har bir kon uchun qo’llamay balki, asosiy konning gaziga standartdagidan ko’ra yanada yuqori sifat ko’rsatkichlarini o’rnatishni ifoda etadi. Asosiysi sifatida ko’rilayotgan guruhdagi ishlatishning har bir bosqichida namlikdan quritish va og’ir uglevodorodlarni ajratish imkonini beruvchi murakkab texnologiyalarni qo’llash iqtisodiy manffatli bo’lgan eng yirik kon qabul qilinishi mumkin. Bazaviy konlarga gazni qayta ishlash zavodlarida oltingugurtdan tozalangach glikolli qurilmalarda qurtishni amalga oshirish yoki gazning butun hajmini sun’iy sovuq qo’llab sovutish zarur bo’lgan tarkibida vodorod sul’fidi saqlagan konlar mansub. Katta miqdordagi qo’shimcha xarajatlarni deyarli sarflamay bazaviy konlar yoki, gazni qayta ishlash zavodlarida namlik va uglevodorodlarga ko’ra shudring nuqtasi standartlarda reglamentlanganidan pastroq qiymatga qadar tayyorlash mumkin. Bu esa trassa yaqinidagi uncha katta bo’lmagan konlardan qazib olinayotgan gazni suyuq fazadan ajratgach dastlabki tayyorlashlarni uyushtirmasdan ham magistral gaz quvuruzatkichlarga uzatish imkonini beradi. Konlarda gazlarni tayyorlashning bu kabi tizimlarini qo’llash orqali murakkab kon jihozlarini birta bazaviy konda jamlash, kichik konlarda esa ixchamlashtirilgan sxemalarni barpo etish mumkin. Tabiiy va neft gazlarini kon va zavod miqyosida ishlov berishga qo’yilgan asosiy talab – tovar gazni va gaz sanoatining boshqa mahsulotlarini sifat ko’rsatkichlarini ta’minlash. Shu sababli gaz tarkibidagi vodorod sulfidi, karbonat SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling