Уйғониш даври фалсафаси
Sotsial taraqqiyot va sotsial o`sishning manbalari
Download 0.71 Mb.
|
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА
2. Sotsial taraqqiyot va sotsial o`sishning manbalari. Frantsuz sotsiologi Emil` Dyurkgeymda sotsial taraqqiyot haqidagi goya mehnat taqsimotiga bog`lab tushuntiriladi. Ijtimoiy rivojlanish, uning fikricha, mexanik birdamlikka asoslangan jamiyatda mehnat taqsimotiga asoslangan organik birdamlik – hamkorlik jamiyatiga o`tishdir. Dyurkgeym nazariyasida sotsial taraqqiyotni ta`minlovchi omil mehnat taqsimoti deb qaraladi. Mehnat taqsimoti segmentar jamiyatning barham topishiga va organik birdamlikka asoslangan jamiyatga o`tilishiga imkon beradi. Mexanik birdamlik - birdamlikning «jamoaviy» tipi bo`lib, uni tashkil etuvchi individlar bir-birlariga o`xshash, ular bajaradigan ijtimoiy vazifalar ham bir xil, ularning shaxsiy xususiyatlari rivojlanmagan bo`ladi. Dyurkgeym fikricha, bu jamiyat individining ongi jamoa ongining oddiy mahsulidir, zotan, umumiy, jamoaviy ong bo`lishi mexanik birdamlik bo`lgan jamiyatning asosiy belgisidir.
Jamiyat asta-sekin o`zgara boradi. Lokal (mahalliy) segmentlar chegarasi buzila boshlaydi, chunki, turli xil ijtimoiy aloqalar vujudga kela boshlaydi. Aloqa yo`llari va vositalari rivojlanadi, aholi tobora ko`payadi, shaharlar o`sa boshlaydi, aholi moddiy va ma`naviy zichligi oshadi va mehnat taqsimoti keng tarqala boshlaydi. Kishilarning ongi tobora tabaqalashayotgan mehnat taqsimotiga va murakkablashayotgan ijtimoiy tashkilotga mos kela boshlaydi. Dyurkgeym nazariyasida ushbu vujudga keladigan birdamlikning yangi ko`rinishi organik birdamlik deb talqin etilgan. P.Sorokin birnchilardan bo`lib sotsiomadaniy o`zgarishlar dinamikasi nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko`ra ijtimoiy voqelik o`zgarishi qonunli jarayondir. Muayyan ijtimoiy - madaniy ulkan tizimlar (supersistemalar) bir birlari bilan dialektik ravishda almashinadi. Muayyan jamiyat hukmron bo`lib turgan dunyoqarashning «o`tmaslashib qolishi» uning boshqa dunyoqarashga o`rnini bo`shatib berishga olib keladi. Bu o`z navbatida ijtimoiy muassasalar va normalarning o`zgarishiga, keyinchalik esa jamiyatning tubdan o`zgarishiga olib keladi. «Sotsial evolyutsiya» va «sotsial revolyutsiya» sotsial rivojlanishning shakllari sifatida qaralishi mumkiin. Albatta, bunda islohot (reforma) o`zgarishlarini inqilob (revolyutsiya) o`zgarishlari yo`lidagi, ularga bo`ysunadigan rivojlanish shakli deb qarash mumkin emas. Jamiyat rivojlanishining asosiy, normal yo`li - reforma, islohotdir. Ijtimoiy rivojlanish sub`ektlarning maqsadga muvofiq faoliyati orqali ro`y beradi. Anglangan ehtiyojlar - manfaatlar bu faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlardir. Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirilishi uchun sotsial jarayonlar boshqarilishi talab etiladi. Umumiy ma`noda boshqarish takomillashgan (biologik, texnik, sotsial) tizimlarning faoliyatini ta`minlash uchun ularning dastur va maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan funktsiyadar. Sotsial boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartib saqlanishi, mukammallashuvi va rivojlanishini ta`minlaydi. Sotsial boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axboratni yig`ish va uni qayta ishlash; uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishi; rejalashtirish, dasturlashtirish; loyihalashtirish ko`rinishida umumiy qarorni bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari haqidagi axborotni to`plash va qayta ishlash. Sotsial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish, oldindan ko`ra bilishga asoslanadi. Bashorat kategoriyasi ikki ma`noda konkretlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, ya`ni tavsiflash ma`nosida ) va oldindan ko`rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq). Zotan, sotsial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar sub`ektiv faoliyatining ob`ektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu qonuniyatlardan samarali foydalanishdir. Sotsial boshqarish, bu keng ma`noda ham nazariy, ham amaliy faoliyatni o`z ichiga oladi. Sotsial taraqqiyot va sotsial o`sishning asosiy omillaridan biri sifatida sotsial boshqarish talqin etilar ekan, uning quyidagi shakllarini aytib o`tish maqsadga muvofiqdir: sotsial rejalashtirish, loyihalashtirish va prognozlashtirish.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling