Уйғониш даври фалсафаси


Sotsiologiyaning funktsiyalari


Download 0.71 Mb.
bet13/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

Sotsiologiyaning funktsiyalari. Sotsiologiya alohida fan sohasi sifatida ijtimoiy fagna xos barcha funktsiyalarni bajaradi` nazariy-bilish, tanqid (kritika), bayon qilish, bashorat, o`zgartirish, axborot, nuqtai-nazar funktsiyalari. Umuman, gumanitar fanlar funktsiyalarini ikkita guruhga ajratib qarash mavjud` gnoseologik, ya`ni bilish va haqiqiy ijtimoiy funktsiyalar.

- sotsiologiyaning gnoseologik funktsiyalari ijtimoiy hayotning u yoki bu tomonlarini to`laroq va konkret tarzda bilishda aks ettiriladi.

- ijtimoiy funktsiyalar ularni optimizatsiyalash yo`llarini va uslublarini ochib beradi. Funktsiyalar faqat o`zaro harakat va o`zaro aloqadagina bo`ladi va harakatlanadi.

- Sotsiologiyaning asosiy gnoseologik funktsiyasi – nazariy-bilish, tanqidiy funktsiya hisoblanadi. Bunda urganiladigan dunyoni shaxs manfaatlari pozitsiyasidan baholash to`g`risida gapiriladi. Tanqidiy funktsiyani bajara turib, sotsiologiya haqiqatlikka differentsial ravishda baho beradi. Bir tomondan, nimani saqlash, mustahkamlash, rivojlantirish va h. mumkinligini va zarurligini ko`rsatadi, chunki hamma narsani ham o`zgartirib, almashtirib bo`lmaydi va h. Ikkinchi tomondan, haqiqatdan ham tub o`zgartirishlarni talab etadigan narsani aniqlaydi.

Nazariy-bilish, tanqidiy funktsiya, albatta, shundan iboratki, sotsiologiya bilimlarni yig`adi, ularni tizimlashtiradi, zamonaviy ijtimoiy munosabatlarning va jarayonlarning eng to`liq ko`rinishini bayon etishga intiladi. Sotsiologiyaning nazariy - bilish funktsiyasiga zamonaviy jamiyat rivojidagi asosiy ijtimoiy muammolar to`g`risida ob`ektiv bilimlar kiradi.

- amaliy sotsiologiya esa jamiyatdagi turli sotsiallыq sohalarda yuz barayotgan jarayonlar to`g`risida, xususan, ijtimoiy tuzilmalarning, oilaning, milliy munosabatlarning va h. o`zgarishi to`g`risida ishonchli axborotlar bilan ta`minlashga qaratilgan. Albatta, ayrim ijtimoiy uyushmalar yoki odamlar guruhlarining ichida yuz berayotgan jarayonlar to`g`risida konkret bilimlarga ega bo`lmasdan, ijtimoiy boshqarishning natijaliligini ta`minlash mumkin emas. Sotsiologik bilimlarning tizislashtirilganligi va konkretligi darajasi uning ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirishning samaradorligini belgilab beradi.

- Sotsiologiyaning bayon qilish funktsiyasы – bu tadqiqotlarni tahliliy yozuvlar, turli ilmiy hisobotlar, maqolalar, kitoblar va h. shaklida tizimlashtirish, bayon qilish hisoblanadi. Ularda ijtimoiy ob`ektning ideal ko`rinishi, uning harakati, o`zaro aloqalari va h. qayta tiklashga intilish o`rin oladi. Ijtimoiy ob`ektni tadqiq qilishda olimning yuksak axloqiy tozaligi va vijdonliligi talab qilinadi, chunki, ma`lumotlar, faktler va hujjatlar asosida Amaliy xulosalar chiqariladi va rahbarlik echimlari qabul qilinadi. Bu materiallar insoniyatning kelajak avlodlari uchun boshlang`ich nuqta, qiyoslash manbasi hisoblanadi. Sotsiologiya faqat dunyoni tanibgina qo`ymasdan, u insonga Ushbu dunyoni o`zgartirish imkonini beradi. Lekir inson jamiyatni o`zgartirish bosh maqsad emasligini doimo esda tutishi lozim. №ayta o`zgartirishlarning odam talablariga va tilaklariga mos bo`lsa, jamiyatning ham, odamlarning ham farovonligini oshirishga olib keladigan bo`lsagina zarurligi bo`ladi. Sotsiologlar tomonidan to`plangan ijtimoiy axborot naqadar yaxshi bo`lsa ham, u birdaniga echimlarga, tavsiyalarga, bashoratlarga aylanmaydi. Sotsiologiyaning bilish funktsiyasi bashoratlarda va qayta o`zgartirish funktsiyalarida davom etadi.

- Sotsiologiyaning basharot qilish funktsiyasi – bu ijtimoiy bashoratlarni berish hisoblanadi. Odatda sotsiologik tadqiqotlar o`rganilayotgan ob`ektni qisqa muddatli va uzoq muddatli bashorat qilish bilan yakunlanadi. №isqa muddatli bashorat ijtimoiy holisaning aniqlangan rivojlanish tendentsiyasiga, shuningdeks, bashorat qilinayotgan ob`ektga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan faktorni aniqlashda hisobga olingan qonuniyatga suyanadi.

Bunday faktorni aniqlash – ilmiy tadqiqotning murakkab t6ri hisoblanadi. Shu bois ham sotsiologik amaliyatda ko`pincha qisqa muddatli bashoratlar qo`llaniladi. Ijtimoiy muammolarni ilmiy tomondan asoslashga kata ahamiyat berilayotgan jamiyat rivojining hozirgi sharoitlarida ijtimoiy ob`ektning rivoji to`g`risida tadqiqotlarda ijtimoiy bashorat kata o`ring egallaydi. Sotsiolog real muammoni o`rganib, uni hal qilishning optimal (oqilona) yo`llarini aniqlashga intilsa, albatta, kelajakni va uning oxirgi natijalarini ko`rsatishni niyat qiladi. Demak, qanday bo`lganda ham, ijtimoiy jarayonning rivojlanishini bashorat qiladi.

- Sotsiologiyaning o`zgartiruvchi funktsiyasы shundan iboratki, sotsiologning xulosalari, tavsiyalari, fikrlari, uning ijtimoiy sub`ektga bergan bahosi muayyan echimlarni ishlab chiqish va qabul qilishga asos bo`ladi. Hammamizga belgiliki, yirik injenerlik loyhalarni amalga oshirishda nafaqat texnik-iqtisodiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy asoslar ham talab qilinadi. Ayni shu erda jarayonlar to`g`risida eslatadi. Lekin sotsiologiya faqat ilmnigina, uning funktsiyasi – Amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Ularni amalga oshirish, joriy qilish masalasiga kelsak, bu boshqarish organlarining, konkret rahbarlarning vazifasi hisoblanadi. Hozirgi zamon jamiyatini o`zgartirish bo`yicha sotsiologlarning ishlab chiqqan juda baholi va paydoli tavsiyalari amalga oshmasdan qolishining sababi ham xudi shu holat bilan tushuntiriladi. Uning ustiga, ko`pincha boshqarish organlari olimlarning tavsiyalarini inobatga olmadilar, bu esa jamiyat rivojida og`ir oqibatlarga olib keladi. Jamiyatni yangilashning asosiy yo`nalishlarini keng va chuqur ochib berish umumiy tsivilizatsiyaning rivojidan orqada qolishini aniqlashga imkoniyat beradi.

O`zbekistonda islohotlashtirishning, aniqrog`i, jamiyatni o`zgartirishning mazmuni shaxsning, ijtimoiy guruhlarning aqilona, maqsadga yo`naltirilgan faoliyati uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishdan iborat. Bundagi muammo insonni ratsional faoliyatdan ajralib ketishiga yo`l qo`ymaslik, bu faoliyatning samaradorligini optimizatsiyalash va sifatini ko`ratishdan iborat. Sotsiologiyaning vazifasi - O`zbekistondagi ijtimoiy hayotni isloh qilish va demokratiyalashtirish jarayonining muvaffaqiyatli o`tishini nazariy tomondan ta`minlash hisoblanadi. O`zbekistonda jamiyatni qayta o`zgartirish jarayoni ko`zlangan natijalarni oqilona natijaga, natijalarni esa oqilona faoliyatni kuchaytirish, jamiyatni demokratizatsiyalash shartlariga, sharotlariga va vositalariga aylantirishga bog`liq bir sifat holatidan ikkinchisiga o`tish yo`li bilan amalga oshirilmoqda.

Sotsiologik tavsiyalarni tan olmaslik nafaqat sotsiologik kadrlar malakasining etishmasligi (bu narsa ham mavjud, chunki kadrlarni professional darajada tayyorlashning boshlanganiga atigi bir necha yil bo`ldi), Ayni paytda rahbar kadrlarning aksariyatida boshqarish echimlarini sotsiologik asoslashga bo`lgan talab shakllanmagan.

- Sotsiologiyaning axborot funktsiyasы tadqiqotlar natijasida olingan axborotni yig`ish, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat. Sotsiologik axborot – ijtimoiy axborotning eng tezkor t6ri hisoblanadi. Yirik sotsiologik markazlarda u EHM xotirasida jamlangan. Undan sotsiologlar, tadqiqot o`tkazilgan ob`ektlarning rahbarlari foydalanishi mumkin. Belgilangan tartibda davlat va boshqa boshqarish va xo`jalik muassasalari ham axborot oladilar.

- Sotsiologiyaning dunyoga nuqtai-nazar funktsiyasы uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ob`ektiv tarzda ishtirokidan va o`z tadqiqotlari bilan jamiyat rivojiga yordam berishidan kelib chiqadi. Sotsiologiyaning dunyoga nuqtai nazar funktsiyasi odamlarni qandaydir bir narsaga ishontira oladigan haqiyqiy to`g`ri tekshirilgan son ko`rsatkichlarini, faktlarni qo`llashga aks ettiriladi. Masalan, ideologiya degani nimas Bu ijtimoiy tafakkurning bir bosqichi, qandaydir qatlamning, ijtimoiy qatlamning, ijtimoiy uyushmaning manfaatlarini, nuqtai-nazarlarini bayon etadigan g`oyalar tizimi hisoblanadi. Tarixning ko`rsatishicha, ko`pchilik ijtimoiy larzalarda, islohot qilish va qayta qurish va o`zgartirishlarda xuddi shu u yoki bu turdagi sotsiologik kontseptsiyalar jamiyat rivojida etakchi o`rin egallagan. Djon Lokkning sotsiologik qarashlari QYii-yilgi inqilobi vaqtida Angliyada liberal-demokratik rejimni o`rnatishda muhim rol` bajargan, Fransua Vol`ter, Jan Jak Russo va boshqa entsiklopedistlarning asarlari Frantsiyada qayta qurish rolini bajargan va h. Uzoq vaqt davomida marksizm ideologiyasi Rossiyadagi etakchi intellektual yo`nalish bo`lib qoldi.

Shunday qilib, sotsiologiyaning asosiy funktsiyalari nafaqat ijtimoiy fanlar tizimidagi sotsiologiya vazifalarini, balki o`rnini ham belgilab beradi.

Ijtimoiy fanlar tizimida sotsiologiyaning tutgan o`rni qanaqas Sotsiologiya boshqa, o`ziga yaqinfanlar bilan qanday aloqadas IJtimoiy va gumanitar vanlar tizimidagi sotsiologiyaning o`rni eng avvalo sotsiologiyaning jamiyat to`g`risidagi fan ekanligi, demakki, boshqa barcha ijtimoiy va gumanitar fanlar nazariyasi va metodologiyasы bo`la oladigan umumiy sotsiologik nazariyani o`z ichiga olishi bilan belgilanadi. Sotsiologiyada ishlab chiqiladigan va uning faoliyatini o`rganish metodikasi va texnikasi, ijtimoiy me`yor metodlari boshqa hamma gumanitar fanlarda ham qo`llaniladi.

Tarix va sotsiologiyaning o`rganish ob`ekti jamiyat hisoblanadi. Sotsiologiya kabi tarix ham ikkita asosiy muammolarga duch keladi` birinchidan, muayyan ijtimoiy qonuniyatlarning mavjudligi, ikkinchidan, jamiyat rivoji yo`llariga ta`sir ko`rsatuvchi individual, betakror hodisalarning bo`lishi. Ketma-ketlik va tarixiy tajribani bekor qilish insoniyat uchun katt ofatlarni keltirib chiqaradi. Sub`ektiv-ob`ektiv aloqalar evolyutsiyasini, munosabatlarni, normalarni va boyliklarni faqat tarix va sotsiologiyaning birgalikda kuch solishi bilangina aniqlash mumkin.

Jamiyat harakatining asosiy shakli – bu moddiy ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalarining o`zgarishi, ishlab chiqarish jarayonida inson o`rni va rolining o`zgarishi – buning hammasi odamlarning ijtimoiyfaoliyati evolyutsiyasiga kata t`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham sotsiologiya siyosiy iqtisod bilan o`zaro aloqasiz bo`lishi mumkin emas. Odamning mehnat faoliyatining o`zi ijtimoiy tirik jon sifatida insonning o`zining rivojini hisobga olgan holda o`zgaradi. Buni esa sotsiologiya o`rganadi.

Sotsiologiya politologiya (siyosatshunoslik) bilan ham yaqin aloqada bo`ladi. Sotsiologiya fuqarolik jamiyatini, siyosatshunoslik esa jamiyat siyosiy hayotini, siyosiy munosabatlarni o`rganadi. Ikkita fan - sotsiologiya va siyosatshunoslikning o`zaro aloqasi fanning yangi sohasini – siyosiy sotsiologiyani vujudga keltirdi. Sotsiologiya bilan siyosatshunoslikning aloqasi qo`yidagilar bilan belgilanadi` birinchidan, siyosiy hayotning qonunyaitlarini jamiyat xususyaitlarini umumiy ijtimoiy tizim sifatida hisobga olgan holdagina aniqlash mumkin, ikkinchidan, jamiyatni unga siyosiy va turli xildagi siyosiy rejimlar ko`rsatadigan ta`sirlarsiz tushunish va o`zgartirish mumkin emas.

Sotsiologiya filosofiya bilan tig`iz aloqada bo`ladi. Bu aloqa negizi – qadimdan kelayotgan insoniyat tafakkurining yagonaligi hisoblanadi. Filosofiyaning qonunlari, kategoriyalari, printsiplari jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy faoliyat va h. kabi sotsiologik tushunchalarning asosini tashkil etadi. Filosofiya materiya va tafakkur kabi tushunchalarni o`rganadi, sotsiologiya esa – ijtimoiy tuzilmani, ijtimoiy institutlarni, madaniyatni, jamiyatni ijtimoiy tashkil etishni va h. tadqiq qiladi. Filosofiya odamni, shaxsni o`rgansa, sotsiologiya shaxsni ijtimoiy tur sifatida o`rganadi. Filosofiya ijtimoiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini o`rgansa, sotsiologiya ijtimoiy o`zaro harakatni va ijtimoiy o`zaro aloqani o`rganadi. Albatta, sotsiologiya umumiy filosofiyaning kuchi etmaydigan vazifani amalga oshiradi – ijtimoiy hayotning konkret ma`lumotlarini bevosita qayta ishlab chiqadi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling