O`zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o`z yo`li 4 ta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o`z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilishi;
- vatanparvarlik.
Davlat ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e`zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir. Islohotlar strategiyasini amalga oshirishda biz uchun quyidagilar uzluksiz ustuvor yo`nalishlar hisoblanadi:
- ta`lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish;
- aqliy va ma`naviy salohiyatni mustahkamlash;
- aholini ijtimoiy himoya qilish.
Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o`tish, birinchi navbatda, kadrlar potentsialiga, ularning kasb jihatdan tayyorgarligiga bogliq bo`ladi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar – o`z yo`liga, – degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. – Ularni hal etish mumkin, xalqning ta`minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma`naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo`lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo`lish – bundan og`irroq va bundan sharafliroq vazifa yo`q bu dunyoda! Shu boisdan «hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o`rganilishi, an`nalarimizning saqlanishi va madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji bilan bogliqdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |