Уйғониш даври фалсафаси


O`zbekistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va o`sish holati


Download 0.71 Mb.
bet37/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

3. O`zbekistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va o`sish holati.

Mustaqqillik yillari O`zbekistonni jahonga nomoyon qilish, axborot va iqtisodiy jihatdan chetlashtirish hollariga barham berish, jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlari qatorida teng bo`lib olish sari intilish yillari bo`ldi.

Hayotning, jamiyatning asosiy tamoyillarini va davlatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik kelajakni aniq belgilab bargan Asosiy konun, Konstitutsiya qabul qilindi.

O`zbekiston tanlab olgan yo`l – respublika va uning xalqining manfaatlariga nihoyatda mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir.

Chuqur o`zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sodir bo`layotgan tub siljishlar dunyoning hozirgi qiyofasini o`zgartirib yubormoqda.

O`zbekistonning davlat mustaqilligini amalda nomoyon qiladigan va ro`yobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bank tizimi qayta tashkil qilinmoqda. Mustaqil milliy aviakompaniya, axborot agentligi, kinokompaniya, va boshqa umumdavlat xizmatlari ishlab turibdi.

O`zbek xalqining mustaqillikka bo`lgan intilishini jahon hamjamiyati, xalqaro jamoatchilik qullab-quvvatladi. Dunyodagi 125 mamlakat O`zbekistonning Davlat mustaqilligini tan oldi. 40 dan ziyod xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari o`rnatildi.

Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O`zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli sub`ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo qilib qabul qilindi.

Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, an`analari, urf-odatlari va ko`nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin bo`lib qoldi.

Hozir O`zbekiston tarixiy chorraxada turibdi. Avvalo, O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Respublikani milliy davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamol toptiruvchi o`z taraqqiyot yo`lini ishlab chiqdi. Respublikada hozir yashab turganlarning taqdirigina emas, balki ularning farzandlari, nabiralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bogliq bo`ladi. Respublika tang holatlarni ayni darajada tezroq bartaraf etish, yakkahokimlik tizimining illatlarini batamom tugatish, rivojlangan madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olish shu narsa bilan ham belgilanmoqda.

Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo`lib qolmoqda. Shunday jamiyatgina O`zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an`analar va madaniyatning qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma`naviy-axloqiy kamol topishini ta`minlashi mumkin.

Jahon va o`zimizning amaliyotimizdan olingan barcha umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tajribalarni rad etmagan holda, o`z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo`limizni tanlab olish respublikaning qat`iy pozitsiyasidir.

O`zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishidan iborat o`z yo`li aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi o`tmishdagi an`anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan jamoatchilik, mahalla asoslari O`zbekistonga xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to`grisida g`amxo`rlik qilish, ochiq ko`ngillilik, millatidan qat`iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo`lish, o`zgalar kulfatiga hamdard bo`lish va o`zaro yordam tuyg`usi kishilar o`rtasidagi munosabatlarning me`yori hisoblanadi.

Ijtimoiy taraqqiyotning asoslari va yo`nalishlari xususida so`z ketar ekan, avvalo huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy negizlarga alohida e`tibor bermoq kerak.

Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi (42-modda).

O`zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan etarli salohiyatga ega. er bag`rining goyat qimmatli mineral xom-ashyolarga boyligi chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, respublikaning jahon bozoriga chiqishini ta`minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini bermoqda.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling