Уйғониш даври фалсафаси


Empirik sotsiologik tadqiqot nima?


Download 0.71 Mb.
bet40/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

1. Empirik sotsiologik tadqiqot nima?. Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Empirik so`zi qadimiy yunoncha bo`lib, tajriba ma`nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to`grisida olingan empirik ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to`plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma`lumotlarga aytiladi.

Hozirgi bozor munosabatlariga o`tish jarayonida jamiyatda ro`y berayotgan muhim o`zgarishlarni, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni amaliy sotsiologik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o`rganib bo`lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo amaliy sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanmo\i zarur. Mavjud ijtimoiy muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda amaliy sotsiologik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.

Sotsiologik tadqiqotlarning sifat darajasini va samaradorligini oshirish uchun empirik ma`lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta`minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e`tibor qaratilmo\i lozim. Ushbu bo`limda amaliy sotsiologik tadqiqot ishlari olib borishning metodologiyasi, uslubiyati, asosiy usul va vositalari xususida to`xtalib o`tamiz.

Amaliy sotsiologik tadqiqot jarayonini 4 asosiy bosqichga bo`lib qo`rsatish mumkin. Bu bosqichlarning har biri o`ziga xos xususiyatlarga va muhim jihatlarga egadir. Bular quyidagilardan iborat:



1. BOSQICh. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:

  1. Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash.

  2. Sotsiologik tadqiqot o`tkazish bo`yicha byurtma qabul qilish va uni o`tkazish bo`yicha shartnoma to`zish.

  3. Bajariladigan ishlar bo`yicha kalendar` reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish.

  4. Dastur ishlab chiqish.

  5. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish.

2. BOSKICh. Asosiy bosqich bo`lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o`z ichiga oladi:

  1. Sotsiologik tadqiqot tanlovini o`tkazish.

  2. Pilotaj.

  3. Dastlabki sotsiologik ma`lumotlarni yigish.

  4. Empirik ma`lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.

3. BOSKICh. Empirik ma`lumotlarni qayta ishlash:

  1. Olingan empirik ma`lumotlarni guruhlarga ajratish.

  2. Taqsimiy jadval tuzish.

  3. Empirik ma`lumotlarni komp`yuterga kiritish va modellashtirish.

4. BOSKICh. Yakunlovchi bosqich bo`lib olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o`z ichiga oladi:

  1. Tadqiqot ma`lumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq.

  2. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish.

  3. Berilgan vazifa bo`yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling