Уйғониш даври фалсафаси


Tadqiqotning obekti va predmeti


Download 0.71 Mb.
bet43/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

4. Tadqiqotning obekti va predmeti. Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob`ekti bo`yicha tadqiqot predmeti bo`ladigan bir necha yo`nalishlar bo`lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni echish yo`llari bo`yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o`tkazish usullari va shakllariga ta`rif beriladi.

Sotsiologik tadqiqot ob`ekti deganda, sotsiologik yo`naltirilgan ijtimoiy hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob`ekti tizimli xususiyatiga, asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy o`lchov chegarasiga ega bo`ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob`ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo`lgan muammo harakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi tadqiqot ob`ektining qanday bo`lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob`ekting unchalik katta bo`lmasa, sotsiologik jihatdan uni to`laligicha qamrab olish imkoniyati bo`lsa, bir butun holda tadqiqot ob`ekti qilib olinishi mumkin. Ba`zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot ob`ektini to`laligicha qamrab olish imkoniyati bo`lmaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob`ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling