Уйғониш даври фалсафаси


Germaniyalik sotsiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo`rsatadilar


Download 0.71 Mb.
bet41/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

Germaniyalik sotsiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo`rsatadilar.

1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi:

  1. Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash.

  2. Empirik tadqiqot goyasini ishlab chiqish.

  3. Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish.

  4. Analitik muolaja tayyorlash.

Ikkinchi bosqich: Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o`tkazish.

Uchinchi bosqich: Olingan empirik ma`lumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:

3.1. Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash.

3.2. Nazariy jihatdan qayta ishlash.

3.3. Olingan natijalarni amaliyotda qo`llash.

Har qanday tadqiqot biron-bir muammoning qo`yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat hayotida o`zining ilmiy echimini kutayotgan muammo bo`lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shakllari: davlat buyurtmasi asosida, xo`jalik shartnomasi asosida, jamoatchilik va aralash tartibda bo`lishi mumkin.

2. Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi

Empirik sotsiologik tadqiqot ob`ekti bo`yicha o`tkazilgan dastlabki tahlillar asosida mavjud maummoni tahlil qilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har qanday amaliy, nazariy sotsiologik tadqiqotning dastlabki zarur hujjati hisoblanadi. Dastur sotsiologik tadqiqot ob`ekti bo`yicha ishchi farazni tekshirishga qaratilgan, shuningdek tadqiqot bo`yicha ilmiy faraz, bajariladigan asosiy vazifalari va sotsiologik tadqiqotning metodologik asosi bayonlaridan iborat. Dastur mazmuni haqida qisqacha ma`lumot berilishi annotatsiya deb ataladi.

Har qanday empirik sotsiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish; dasturni ishlab chiqish jarayonida komp`yuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.

Sotsiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi qismlardan iborat bo`ladi:

1. Nazariy - metodologik qism.

1.1. Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash.

1.2. Tadqiqot ob`ekti va predmetini belgilash.

1.3. Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.

1.4. Tadqiqot predmetining dastlabki taxminiy tahlili.

1.5. Ishchi farazni ishlab chiqish.

2. Amaliy sotsiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi:

2.1. Tadqiqotning umumiy rejasi.

2.2. Asosiy amaliy ish jarayonlari.

2.3. Tanlov ishlari.

2.4. Dastlabki olingan sotsiologik ma`lumotlarni tahlil qilish usullarining tasnifi.

2.5. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo`nalishlar.



3. Xulosa qismi.

3.1. Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi.

3.2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari (asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat).


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling