Ularni boshqarish usullari
Download 40.45 Kb.
|
3-МАВЗУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bug‘simon suv
- Gigroskopik suv
- Gravitatsion suv.
Kimyoviy birikkan suv, mineral kolloidlar va minerallar tarkibida gidroksil birikma yoki molekula shaklida uchraydi. Kimyoviy birikkan suv ba’zan tuproq og‘irligining 5-7% ga yetadi. Kimyoviy birikkan suv qancha ko‘p bo‘lsa, tuproqning mineral tarkibi shuncha murakkab, qancha kam bo‘lsa, shunchalik oddiy bo‘ladi. Bu suv tuproqda juda katta kuch bilan birikkanligi uchun, undan o‘simliklar foydalana olmaydi.
Fizikaviy shakldagi suv o‘z navbatida qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: bug‘simon suv, gigroskopik suv, pardasimon suv, kapillyar suv va gravitatsion suv. Bug‘simon suv. Har qanday sharoitda tuproqdagi suvning bir qismi bug‘ holatiga o‘tadi. Bug‘simon suv o‘simliklarga singmaydi, u xech qanday fiziologik ahamiyatga ega emas. Ammo, suyuq holatga o‘tgandan keyin o‘simliklarga singadi: biroq bu bug‘simon suv o‘simliklar uchun asosiy suv manbai bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham, bug‘simon suv, dehqonchilikda amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas. Gigroskopik suv. Gigroskopik suv tuproq zarralari yuzasiga singdirilgan namlikdir. Tuproqdagi namlikning miqdori maksimal gigroskopik suvdan ikki marta ko‘p bo‘lsa, o‘simliklar so‘liy boshlaydi. Masalan, malum bir tuproqdagi maksimal gigroskopik suv 4 %, shu tuproqdagi nam 8 % bo‘lsa, o‘simliklar so‘liy boshlaydi. Har qanday tuproqdagi maksimal gigroskopik suvning ikki hissasiga teng bo‘lgan namlik o‘simliklarning so‘lish koeffitsiyenti deyiladi; bunday miqdordagi suv o‘simliklar hayoti uchun foydasizdir. Pardasimon suv. Parda suv-tuproq zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari o‘rab olgan bo‘ladi. Pardasimon suvni o‘simlik o‘zlashtira olmaydi. Kapillyar suv. Kapillyar suv tuproq qatlamlaridagi kapillyar kovaklar orqali qo‘yi qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv tuproqning juda mayda kapillyarlarini (yo‘llarini) to‘ldiradi va o‘simlik yaxshi foydalanadi, shuning uchun o‘simlikni suv bilan taminlashda asosiy manbalardan hisoblanadi. Gravitatsion suv. Tuproqning nokapillyar kovaklari orqali yuqoridan qo‘yi qatlamlarga erkin harakatlanadigan suv gravitatsion suv deyiladi. Gravitatsion suvdan o‘simlik yaxshi foydalanadi, Lekin u tezda pastki qatlamga o‘tib ketadi yoki suvning boshqa holatiga aylanib qoladi. Download 40.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling