Ulug’ ajdodlarimiz


O‘zbek tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 118.53 Kb.
bet4/8
Sana29.09.2023
Hajmi118.53 Kb.
#1690010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ulug’ ajdodlarimiz-hozir.org

O‘zbek tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Talabalar o‘zbek tilini, u orqali o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, an’analarini, dunyo ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan shoirlari, adiblari, olimlari, tarixiy siymolari qoldirgan ilmiy, badiiy merosdan bahramand bo‘ladilar. O‘quv rejasining ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirgan barcha fanlar, xususan, falsafa, siyosatshunoslik, ma’naviyat asoslari kabi fanlar bevosita o‘zbek tili fani bilan bog‘liq hisoblanadi. O‘zbek tili fani ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan ixtisoslik fanlari bilan, shuningdek, rus tili, chet tili fanlari bilan qiyoslab o‘rganilgani uchun bu fanlar bilan uzviy aloqadordir.

O‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Ta’limning oliy bosqichida o‘zbek tilini o‘qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Bunda ilgaridek maktabda olingan bilimlarni mustahkamlash yo‘lidan borilmaydi, aksincha talabalarning litsey va kollejlarda egallagan bilimlari asosida, oladigan ixtisosliklari doirasida bog‘lanishli nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi. O‘zbek tili ta’limi mazmunini talabalarning nutqiy savodxonligi grammatikani o‘qitish orqali emas, balki turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirgan hamda ixtisoslikka moslashtirgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda ilmiy - badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, ixtisoslik sohasida matn yaratish va hujjat tuzish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi murakkab talablar qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida talabalarning o‘zbek tili imkoniyatlaridan qanchalik to‘g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida o‘zbek tilidan tavsiya etilayotgan bilimlarning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, tanlagan kasbi, mutaxassisligiga muvofiqligi, o‘qitish metodlari va usullarining zamonaviyligi, audiovizual vositalarning samarali qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

“O‘zbek tili” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:




Download 118.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling