«Ulug’ ajdodlarimiz»
Download 284.95 Kb.
|
Asil
Xorazmiyning bizgacha o’ntacha asari to’liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning o’ziyoq ko’rsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „O’z zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos o’rni sabab. Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi bo’lgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan to’xtab, xatto qo’lga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4–8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar bitish bilangina shug’ullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.Download 284.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling