Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet108/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   296
 
3-masala. 
VI B sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasida norasmiy so‘rov o‘tkazishi natijasida kamsuqum Anvar sinfdagi eng 
faol Baxtiyordan ko‘ra katta obro‘ga ega ekanligini aniqladi. Baxtiyor sinfkom edi.
Shunga asoslanib Baxtiyor noto‘g‘ri saylangan, uni Anvar bilan almashtirish kerak degan xulosaga kelish 
mumkinmi? Sinf rahbari qanday yo‘l tutishi kerak? 
O‘quvchilarni istiqbolga chorlash. Istiqbol - bu yorqin qiziqarli va quvonchli voqealar manzilidir. Sinfda 
yorqin va jozibador istiqbollarning bo‘lmasligi, bu jamoada bir xillik va zerikarli holatlarni keltirib chiqaradi. 
Istiqbol odatda, oddiy kundalik ishlar: sinf xonasini jihozlash, kutubxona tashkil etish, musobaqalarga 
tayyorlanishdan boshlanib, sayr-tomoshalarga chiqish, kino, teatrlarga jamoa bo‘lib borish orqali davom ettiriladi. 
So‘ngra murakkabroq istiqbolli vazifalar qo‘yiladi: kecha tayyorlash, dramatik to‘garak tashkil qilish, olimpiadalarda 
qatnashish, sovrinlarni («Zulfiya», «Nihol»kabi) qo‘lga kiritish uchun harakat qilish kabi.
Sinfda ijobiy an‘analarni qaror toptirish deganda nimani tushunasiz? 
 
«An‘ana» asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o‘tib davom 
etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir»
1
. Bu jamoa hayotiga mustahkam o‘rnashib 
qolgan ijobiy tajribalardir. Turli bayramlarni nishonlash, ijodiy ko‘riklar tashkil etish, maktabni bitirganlar bilan 
uchrashuvlar, tug‘ilgan kunlarni muborakbod etish kabi an‘analar bo‘lishi mumkin.
Har qanday an‘ana sinf o‘qituvchilari va ota-onalar nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular qo‘llab-
quvvatlagan taqdirdagina bu boqiy an‘anaga aylanadi. Yaxshi an‘ana sinf jamoasining jipslashuviga ko‘maklashadi. 
 
O‘quvchilarga yagona talablar qo‘yishning jamoani jipslashtirishdagi ahamiyati qanday?
O‘quvchilar jamoalarining tarbiyalanganlik darajalari pastligi ko‘pincha maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan 
Yagona talablarning yo‘qligi bilan izohlanadi. Yagona talablar o‘quvchilarda javobgarlik munosabatini, yuksak o‘zaro 
talabchanlikni tarbiyalashga, ularda yuksak axloqiy odatlarni tarkib toptirishga , mustahkam an‘analar yaratishga 
yordam beradi.
Yagona talablarni ishlab chiqishda o‘quvchilarning o‘zlari, sinf rahbari, ota-onalar qatnashishlari mumkin. Uni 
tuzishda har bir maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, mahalliy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Yagona talablar 
buyruqbozlikka nisbatan katta afzalliklarga ega. U barcha o‘quvchilar tomonidan g‘oyat adolatli deb idrok etiladi
tirishqoqlik bilan bajariladi.
Sinf jamoasining shakllanishi va uning rivojlanib, uyushib borishida o‘qituvchining roli juda katta. U jamoani
tarbiya maqsadiga muvofiq rivojlantirishga yo‘naltiradi. Jamoaning faoliyatida sinf faollarining o‘rni ham muhim 
bo‘lib, ishonchli, ishchan faollarni tanlash uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyatini, sinf ishlariga kim qanday 
munosabatda bo‘lishini kuzatishi, har bir o‘quvchi bilan shaxsan suhbatlashib ijtimoiy ish bilan shug‘ullanish istagini 
bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur. Jamoani uyushtirishda jamoatchilik topshirig‘idan, 
o‘quvchilarni istiqbolga chorlash, sinfda ijobiy an‘analarni qaror toptirish va o‘quvchilarga yagona talablar qo‘yishdan
o‘z o‘rnida foydalana olishi lozim. 
Yuqоridа bildirilgаn fikrlаrdаn quyidаgi хulоsаlаrgа kеlish mumkin. 
1
Мунавваров А.Q. Оила педагогикаси. Тошкент: «Ўqитувчи». 1994. 7- бет. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
75 
1. Jаmоа bir nеchа а‘zо (kishi)lаrdаn tаshkil tоpgаn muаyyan guruh bo`lib, u ijtimоiy аhаmiyatgа egа 
bo`lgаn umumiy mаqsаd аsоsidа birlаshаdi hаmdа mаzkur mаqsаdni аmаlgа оshirish uchun yo`nаltirilgаn fаоliyatni 
tаshkil etаdi. 
2. Jаmоа o`zidа bir nеchа хususiyat (bеlgi)lаrni nаmоyon etаdi. 
3. Jаmоаni shаkllаntirish muаyyan qоnuniyatlаrgа bo`ysunаdigаn uzоq muddаtli, murаkkаb jаrаyon bo`lib, u 
ko`pchilik tаdqiqоtchilаrning e‘tirоf etishlаrigа ko`rа to`rt bоsqchdаn ibоrаt bo`lаdi. 
4. Jаmоаni shаkllаntirish o`zigа хоs mеtоdikа аsоsidа аmаlgа оshrilаdi. Ushbu mеtоdikа dоirаsidа jаmоаgа 
nisbаtаn tаlаblаrning qo`yilishi, jаmоа fаоli (аktivi)ni tаrbiyalаsh mаsаlаsi аlоhidа аhаmiyatgа egаdir. 
5. Jаmоаning mustаhkаm bo`lishi, uning а‘zоlаri o`rtаsidа o`zаrо yordаm hаmdа hаmkоrlikning qаrоr 
tоpishidа jаmоа аn‘аnаlаri muhim аhаmiyat kаsb etаdi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling