Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   296
 
Sаvоl va topshiriq 
1. Jаmоа nimа? 
2. O`quvchilаr jаmоаsining ishlаb chiqаrish jаmоаlаridаn fаrqi nimаdа? 
14-MAVZU:
TARBIYANING UMUMIY METODLARI 
R eja: 
1. Tarbiya usul(metod)lari haqida tushuncha. 
2. Ijtimoiy ongni shakllantirish usul (metod)lari. 
3. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usul(metod)lari. 
4. O‘z - o‘zini tarbiyalash usul(metod)lari. 
5. Rag‘batlantirish va jazolash usul(metod)lari. 
Tayanch so`z va iboralar 
Tarbiya metodlari haqida tushuncha, ularning klassifikatsiyasi, tarbiya vositalari, o‘z-o‘zini tarbiyalash usuli, 
ijtimoiy ongni shakllantirish usuli, mashq va o‘rgatish usuli, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish 

rag‘batlantirish va jazolash usuli, rag‘batlantirish va jazolash turlari. 
 Tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish usullaridir. 
Tarbiya vositalari biron - bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun 
ishlatiladi. (Ko‘rsatmali ko‘nikmalar, kitoblar, radio,televideniye). Bundan tashqari o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat 
turlari kinofilmlar, san‘at asarlari, o‘kuvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, sport, badiiy havaskorlik to‘garaklari va 
boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. 
Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi - tarbiyachining tarbiya tizimiga 
kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar 
bilan uchrashuv, o‘qilgan va yangi kitoblarning muhokamasini, taqdimotini uyushtirishi lozim. 
Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq. 
Tarbiyachilar ta‘sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini 
o‘zgartirishi uchun kerakli shart - sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga 
alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. 
Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi. Bu usul vositalar nihoyatda rang - barang 
bo‘lib, ko‘p tomonlari bilan ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. 
Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullari quyidagi tarzda umumlashtirilgan. 
Tushuntirish (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, o‘rnak bo‘lish). 
Nasihat berish (o‘git, undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, oq yo‘l tilash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, rahmat aytish, duo 
qilish). 
Namuna bo‘lish (maslahat so‘rash, o‘rnak bo‘lish). 
Jazo (ta‘kidlash, ta‘na - gina, tanbeh berish va h.k.) 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling