UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
76
‗‘‘‘‘‘
2-23., 2.23., 2.24.
chizmalar
Tarbiya usullarini o‘rganish, tahlil qilish bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalarni
egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar, 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajriblarni shakllantirish
usullari,
3) o‘z - o‘zini tarbiyalash usullari, 4) rag‘batlantirish usuli va jazolash usullari.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqodni ma‘naviy va
siyosiy g‘oyalarni shakllantirish
maqsadida ularni ongi, hislari, irodasiga ta‘sir ko‘rsatish usullari kiradi. Bu guruh
usullarining mohiyati shundan iboratki ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar qo‘yayotgani yetkaziladi.
Yoshlarning
dunyoqarashini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashishishi uchun ijtimoiy
ongni shakllanti-ruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faolligini tarbiyalash lozim.
Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllan-tirishda eng muhim ishlatiladigan omildir.
Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli milliy g‘ururli qilib tarbiyalashga
yordam berishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: