UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
74
Muammoli pedagogik masalalar yechish:
1-masala.
Yosh o‘qituvchini 1X sinfga sinf rahbari etib tayinladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va
yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o‘quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va
maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu
o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan xar bir tadbir
o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o‘rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan
edi. Sinf o‘quvchilaridan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu yerda
mening doimo yordamga tayyor bo‘lgan do‘stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do‘stlarim bor edi. Ular bilan juda
ma‘nisiz hayot kechirgan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni
sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z hatti-harakatim uchun javob berishga o‘rgandim. Men sinfimga biror -bir
ziyon yetkazishdan xavotirlanaman».
Yosh o‘qituvchi faoliyatini tahlil qiling. Ancha tarbiyasi murakkab bo‘lgan sinfda ijobiy natijalarga
erishishga nima yordam berdi deb uylaysiz?
Sinfdagi faollarni aniqlash .Sinf rahbari dastlabki kunlardanoq o‘quvchilarni jamoat topshiriqlari orqali kuzatib
boradi. Ular ichidan faol bolalarni tanlab oladi. Shunday ongli, tashabbuskor, tashkilotchi, a‘lochi o‘quvchilardan sinf
faollarini saylaydi.
Jamoat ishini faqat faollar zimmasiga emas, balki barcha o‘quvchilar orasida taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Faollarni tanlashga oid muammoli pedagogik vaziyatlarni yechishga harakat qilib ko‘raylik:
2-masala.
Sinfda qator yillar davomida saylangan kat‘iy «faollar» boshqarib, «passiv»lar unga bo‘ysinib keldi. Lekin
keyin ular bu holatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida
kat‘iy chora ko‘rdi. Sinfda qayta saylov o‘tkazilib, «faollar» o‘rnini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki haftadan so‘ng
saylov o‘zini oqlamaganligi aniq bo‘ldi. Yangi faollarning bir qismi o‘z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi
qismi kuch bilan tartib o‘rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil topib, «passivlar» ikki barobar ortdi.
O‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak edi? Qanday hol aktiv jamoani
jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday xususiyatlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |