Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet145/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   296
Oilaning 
funksiyalari 
Tarbiyaviy 
Felisitologik 
Kommunikativ 
Relaksatsiya 
Regulyativ 
Rekreativ 
Reproduktiv 
Iqtisodiy 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
105 
Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini- tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o‘zaro jismoniy
moddiy, ma‘naviy va psixologik yordam ko‘rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini 
rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ 
yig‘ish, tejamli ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Shuningdek, oilada
o‘sayotgan farzand ham mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda o‘g‘il-qizga 
iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro‘zg‘orda yuzaga kelayotgan iqtisodiy 
muommalar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta‘sir etishi bilan saviyasining pasayishiga ham olib kelmoqda. 
Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida moddiy qiyinchiliklar tufayli hosil bo‘ladigan muammolarni 
bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko‘rsatish lozim.
Shuni ham ta‘kidlab o‘tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini ko‘p hollarda davlat va 
ijtimoiy tashkilotlar o‘z zimmasiga olmoqda. Jamiyat a‘zolarining xavfsizligini ta‘minlash, qariyalarga bepul tibbiy 
yordam ko‘rsatish odamlar dam olishlari va o‘z sog‘liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va 
sanatoriylarning ochilishi shular jumlasidandir. 
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri- bu uning reproduktiv ( jamiyatning biologik 
uzluksizligini ta‘minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini 
davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo 
bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini 
saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga 
va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his eta 
olmaydi. 
Oilaning jamiyat oldidagi reprokduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta 
tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi lozimligi nazarda tutiladi. 
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo‘ladigan bo‘lsa, bunday xalq sakkizinchi 
avloddan keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin ekan. 
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funksiyalarini 
muvaffaqiyatli uddalashlari uchun zarur bo‘lgan shart- sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o‘rinda hukumatimiz 
tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling