Umum ped na amal-O`um 13-14


«Komillikning asosiy belgilari» mavzusida kichik munozara tashkil eting


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet143/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   296
«Komillikning asosiy belgilari» mavzusida kichik munozara tashkil eting. «Aqliy hujum» usulidan 
foydalangan holda mazkur muammoga javob izlanadi. 
Bunda M. Mahmudovning fikrlarini e‘tiborga olishingiz lozim. U Islom Karimovning «Jamiyatimiz mafkurasi 
xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» asarida komil inson shaxsi kontekstida qaraladigan yuzdan ortiq 
deskriptor
2
mavjudligini aytib, ularni qisqartirilgan holda keltiradi. Bular: 1) o‘zini anglash; 2) o‘zligini anglash; 3) 
an‘analarini anglash; 4) xalqning orzu-istaklarini bilish; 5) jamiyat oldidagi maqsadni tushunish; 6) yagona milliy 
bayroq ostida birlashish; 7) xalq va davlat xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘urish; 8) vatanni sevish; 9) el-yurtga sadoqat; 10) 
insonparvarlik hissi; 11) odamiylik fazilatlari; 12) o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi vorislik; ulug‘ ajdodlar merosini 
egallash; 14) milliy qadriyatlarni bilish; 15) umumbashariy qadriyatlarni egallash; 16) yurt birligi to‘g‘risida 
qayg‘urish; 17) o‘z oldiga maqsad qo‘ya bilish; 18) ta‘lim-tarbiya birligi; 19) ta‘lim-tarbiyaning ongni o‘zgartirishi; 20) 
1
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Тошкент: «Ўзбекистон», 2000. 6-бет.
2
Дескриптор-(лотинча «descripto») ѐзаман, тавсифлайман
Arastu 
Vijdon ruhimizning ma'naviy quvvati bilan fikrimizga 
quvvat bеruvchi bir vositayu idrokiyatdir 
Abu Ali ibn Sino 
 
Vijdon - ruh va fikrimiz-ni tuyg‘un qilmoqqa birinchi 
vositadir. 
Abdulla Avloniy 
Vijdon dеb ruhimizga, fikrimizga ta'sir qiladurg‘on 
hissiyot, ya'ni sеzuv-tuymoqdan iborat ma'naviy quvvatga 
aytilur. Biz har vaqt afgol va harakatimizni yaxshi va 
yomonligini, foyda va zararligini onjaq vij-donimiz ila 
bilurmiz. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
104 
ong, tafakkurning jamiyatni o‘zgartirishi; 21) mustaqil fikrlash; 22)ijtimoiy-siyosiy iqlim o‘zgarishi; 23) insonning 
hayotda o‘z o‘rnini topishi; 24) iymoni butunlik, 25) sog‘lom fikrlilik; 26) zehn-zakovatli yoshlarni tarbiyalash va 
shakllantirish
1
.
«Komillik- mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko‘plab asl 
insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir»
2
.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqida qayg‘urmagan xalqning, millatning kelajagi 
bo‘lmaydi. Komil inson g‘oyasi azal-azaldan o‘zbek xalqimizning ezgu orzusi, millat ma‘naviyatining uzviy bir qismi 
bo‘lib kelgan. 
Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning 
birlashuvi natijasida vujudga keladi. 
Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil 
qiladi. Oila jamiyatning boshlang‘ich ijtimoiy bo‘g‘ini bo‘lib, o‘zida oila a‘zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, 
tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi.
Bu muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga yetadi. Keksalar ko‘pincha «Bug‘doy eksang bug‘doy olasan, 
arpa eksang- arpa olasan» deyishadi. Shuning uchun ham kelajagimizning qanday bo‘lishi bugun qanday hayot 
kechirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya berayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg‘ular, orzular bilan 
to‘ldirayotganimizga bog‘liq. 
Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi. Bu shu 
bilan izohlanadiki, har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi olam, shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u 
tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. 
Biz oila haqida gapirar ekanmiz, unga qanday vazifa (funksiya)lar yuklatilganligini bilishga qiziqishimiz 
ham shubhasiz. 
Oilaning asosiy vazifalari, funksiyalari quyidagilardan iborat:
2-32 chizma 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling