Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Metod
Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 136 Vosita • Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshqalar. Metod, uslub, vosita, ta`lim metodi tushunchalari o`rganiladi. . Ta'lim mеtodlari So`z orqali ifodalanadigan mеtod Ko`rgazmali mеtod Amaliy mеtod Ta ’lim metodlari • ta’limning og’zaki metodlari; • ta’limning amaliy ishlar metodi; • ta’limning ko’rgazmali metodi; • - ta’limning muammoli izlanish va reproduktiv metodi; • - ta’limning induktiv va deduktiv metodi; • ta’limda rag’batlantirish va tanbeh berish metodi; • ta’limda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodi. 2/ o‘qitish metodlarini tanlashning asosiy mezonlari va optimal metodni qanday tanlash kerakligi haqida bilish uchun talabalar Yu. Babanskiyning «Hozirgi zamon umumta‘lim maktabida o‘qitish metodlari» kitobining 47-85, O. Roziqov « Didaktika» kitobining 184-200-betlarini o‘qib chiqishlari lozim bo‘ladi. 3. Talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarda maktablarga borib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha darslarni kuzatadilar. Talabalar o‘zlari kuzatgan dars davomida o‘qituvchi ta‘lim metodlarining qay biridan va qay darajada foydalanganligini tahlil etadilar. Bu yo‘l bilan talabalar ham dars tahlil etishga, ham ta‘lim metodlarini qo‘llashga o‘rganadilar. Qo‘llanilgan metodning ta‘lim mazmuni va maqsadiga qanchalik mosligini sharxlab beradilar. Bunda mutaxassislik fani bo‘yicha biror sinf uchun bitta mavzu tanlab olinadi va shu mavzu uchun eng qulay, optimal metodni tanlashga o‘rganiladi. Dastlab talabalar yuqorida berigan Yu. Babanskiyning «Hozirgi zamon umumta‘lim maktabida o‘qitish metodlari» kitobining «O‘qitish metodlarini tanlashga qo‘yilgan talablar» va «O‘qitishning optimal metodlarini qanday tanlash kerak» degan boblarini ko‘rib chiqishlari lozim bo‘ladi. Ayniqsa kitobning 67-68 betidagi «O‘qitish metodlarini oqilona qo‘llash» va 79-80-betdagi metod tanlash variantlariga oid jadval va savol-javoblardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qitish qoidalari, mavzuning maqsad va mazmuni, o‘quvchilarning yosh va o‘quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlangan mavzulariga metod ko‘rsatib berishlari lozim. 4.Keyingi yillarda o‘qituvchilar tajribasida didaktik o‘yinlardan ta‘lim metodlari sifatida foydalanish keng qo‘llanilmoqda. Didaktik o‘yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o‘quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, yana ularning har birida bilimlarni og`zaki bayon etish, ko‘rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo‘llaniladi Rus pedagoglari didaktik o`yinlarni bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun muhim manbaa deb e‘tirof etadilar. Ular o`yin bolaning tashqi sezgi hissiyotlari, ko`rish, eshitish mushaklar harakatining rivojlanishiga ijobiy ta‘sir etadi deb hisoblashgan. O`yin davomida bolaning hamma mashqi sezgi organlari ishtirok etib, ularni rivojlantiradi, xotira, fikrlash, tasavvur qilish kabi intellektual jarayonlar shakllanib boradi. «... Biror qobiliyat yo`qki, deb yozgan edi A. N. Graborov,- u o`yinda shakllanmagan bo`lsa, hamma yuksak tuyg`ular o`yin tarzida tug`ilib kelajakda rivoj topishi uchun mustahkam zamin vujudga keladi.» UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 137 O`yin o‘quvchilar bilimlarini boyitishda, dunyoqarashini kengaytirida tushunchasini chuqurlashtirishda muhim soha sifatida qaralgan. «O`yin sferasini kengaytira borib bola o`z fikrlash sferasini ham kengaytiradi: o`yin davomida u yangi xususiyatlarini kashf etadi, ular haqida to`liq va aniq tushunchaga ega bo`ladi ...» O`qitish jarayonida didaktik o`yinlar boshqa qo`llanmalar bilan bir qatorga qo`yilgan. Ta‘limni tashkil etishning noan‘anaviy shakllarida ham turli o‘yin darslardan foydalanishga ahamiyat berilmoqda. Turli rolli o‘yinlar ikki guruhga bo‘linib o‘ynaladigan va boshqa shakllardagi o‘yinlar. Yangi pedtexnologiyaga oid adabiyotlarda ham bularga e‘tibor berilmoqda. Talabalar ham mavzusiga mos o‘yinlardan namunalar keltirishlari lozim bo‘ladi. Boshlang`ich sinf o‘quvchilarining 4-sinfi uchun didaktik o‘yinlar asosida ishlangan dars ishlanmasidan namuna keltiramiz Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling