Umum ped na amal-O`um 13-14
Mavzu: Qo`shimcha maqsadlar. 1-5 misol va masalalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu: Qo`shimcha maqsadlar. 1-5 misol va masalalar.
Dars maqsadi: a) ming ichida og`zaki qo`shish va ayirishga doir misol va masalalar yechish. b) o`quvchilarni ahillikka, tezkorlikka, mehnatsevarlikka o`rgatish, o`zaro tuyg`usini uyg`otish. s) og`zaki qo`shish va ayirishga doir bilimlarni mustahkamlash. d) o`quvchilarga konstitusiyaviy saboqlarni dars davomida singdirish. e) o`quvchilar qalbiga kasb-hunarga mehr tuyg`usini tarbiyalash. Dars tipi: mustahkamlash va takrorlash. Dars uslubi: o`yin-musobaqa. Dars jihozi: olma maketi va olmalar, orqasiga magnit yopishtirilgan raketalar, bilmasvoyning rasmi. Darsning borishi: Bolalar musiqa sadolari ostida sinfga kirib keladilar. O`quvchilar ikki guruhga bo`lingan. Birinchi guruh «Uchburchak», ikkinchi guruh «To`rtburchak» deb shartli ravishda nomlangan. I shart. Bunda o`quvchilar matematikaga oid qiziqarli she‘rlar, topishmoqlar aytadilar. (Bu shart 5 ball bilan baholanadi.) I guruh: II guruh Riyoziyot fani qiziq Matematika fani Hisoblari chiziq-chiziq Fanlarning kalitidir Riyoziyotni bilsang Matematikasiz hayot Adashmay hisob qilsang Quruq cho`lning o`zidir Kosmosga ham uchasan Odam bo`laman desang Oyni borib quchasan. Matematikani o`rgan Bu fan ila Ulug`bek Fazolarga yo`l ochgan I shart yakuni. II shart «sehrli olmalar» o`yini. (1-mashq asosida) Olma daraxti maketiga orqasiga uch xonali sonlar yozilgan olmalar ilingan. Har bir guruhdan navbat bilan bittadan o`quvchi chiqib «olmalar chizishadi» va olmada yozilgan sonni yig`indi bilan almashtirib yozishadi. 600=550+50 480=400+80 903=900+3 790=700+90 509=500+9 340=300+40 II shart yakuni. III shart «Oyga kim birinchi yetib keladi» o`yini. (2 va 3- mashqlar asosida) O`qituvchi ikkita magnit taxtasining bir burchagiga yer, ikknchi burchagiga oy rasmini qo`yadi. Taxta oldiga teng miqdorda orqasiga magnit yopishtirilgan maketlar terib qo`yiladi. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, o`qituvchining ishorasi bilan ishga kirishadi. Raketalardan bittadan olib, yonidagi misolni ishlaydilar, javobini aytib, yerning yonidan oyga qaratib terib qo`yadilar. Keyin guruhlardan navbat bilan o`quvchilar chiqib misollarni ishlaydilar. Qaysi guruh misollarni to`g`ri yechib, raketalari birinchi bo`lib oyga yetib kelsa, shu guruh g`olib bo`ladi. Raketalarga yozilgan misollar: I guruh II guruh (710-315)+50= (560-149)-80= (439+189)-218= (579+586)-520= (841+375)-950= (970-782)+876= (610+690)-900= (888+766)-357= 360:40+630:90= 210:30+480:60= IV shart Sardorlar bahsi (4-mashq asosida) Konvertlarda savollar yozib qo`yilgan. Sardorlar konvertlardan birini tanlab undagi savollarga javob beradilar. 1) Kamayuvchi 86, ayriluvchi 18 va 3 sonlarining bo`linmasi, ayirmani toping. 2) Birinchi qo`shiluvchi 26, ikkinchisi 7 va 4 sonlarining ko`paytmasi, yig`indini toping. III va IV shartlarning yakuni. V shart. «Bilmasvoy savol beradi» (ikkala guruhga) Mana sizga 3 ta 2 raqami. Ular orasiga istalgan amallarni qo`yib eng kichkina sonni hosil qiling. (2-2:2=1). Eng kichik sonni topgan guruh g`olib bo`ladi. Barcha shartlar yakuni e‘lon qilinadi. G`olib guruh taqdirlanadi, o`quvchilar rag`batlantiriladi va baholanadi. Uyga vazifa 6-mashq. Rasm asosida masala tuzib yechish. UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 138 Darsni yakunlash. Quyida qiziqarli matematik jadvallarni to`ldirish bo`yicha bir necha misollar keltiramiz: Qiziqarli kvadratlarni hosil qilish va ularni har xil usullar yordamida hal etish bu, kishining fikrlash doirasini kengaytirishda, aqlni peshlashda, ayniqsa, matematik topshiriqlarni oson yechishda muhim garov hisoblanadi. SHuning uchun ham matematika ishqibozlari, matematik mutaxassislar qariyb yetti ming yildan beri qiziqib kelishmoqda. Hozir qiziqarli kvadratlarni tuzishning yuzlab usullari topilgan. Biz bugun o`shalardan ayrimlarini ko`rib chiqmoqchimiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling