Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet259/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   296
16-Mavzu  
Glossary 
Ma‘naviyat
spirituality 
inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha 
axloq 
behavior 
1) shaxsning o‘zaro bir-biri, jamiyat a‘zolariga nisbatan qabul qilingan 
me‘yorlar asosidagi munosabatlari, hatti-harakatlari majmui, jamiyat 
tomonidan qabul qilingan xulq me‘yorlari;
2) xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, adab 
Axloq 
Morals 
(lotincha «moralis» - xulq-atvor ma‘nosini bildiradi) - ijtimoiy 
munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan 
jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor 
qoidalari, mezonlari yig`indisi. 
tarbiya mohiyati the essence of 
education 
shaxsni maqsadli shakllantirish jarayoni. Mustaqil O‘zbekistonda tarbiya, 
asosan, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat 
ruhida, shaxsni har tomonlama rivojlanishiga hamda faol va ongli insonni 
tayyorlashga qaratiladi 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
197 
metod 
method 
(yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta‘limot) –
ta‘lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, 
o‘zlashtirish, o‘rgatish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l-
yo‘riqlar, usullar majmui. 
Axloqiy tarbiya 
Moral education 
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan 
tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, 
mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, 
axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy 
qismi. 
Oila 
Family 
kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush 
tarzi, axloqiy mas‘uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik 
guruhi. 
Oilaviy 
munosabatlar 
Domestic 
relations 
ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas‘ul bo‘lgan shaxslar) 
hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi 
munosabatlar. 
Oila tarbiyasi
Domestic 
education 
ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas‘ul shaxslar) tomonidan tashkil 
etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog`lom etib 
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling