Kutubxonachining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar:
- maktab kutubxonachisi ta’lim sohasidagi metodik ishlar talablarini yaxshi
biladigan bo‘lishi, kutubxonachilik ishidan tajriba orttirgan, shuningdek, turli
axborot va menejmentdan yaxshi xabardor bo‘lishi;
- adabiyotlarni menejmentlik bo‘yicha o‘rganuvchi hamda kompyuterda ish
yuritishni bilishi;
- kutubxona mudiri byudjet buyurtmalarini asosli ravishda tuza bilishi va
ajratilgan moliyaviy mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida hisobot berishga tayyor
bo‘lishi;
• maktab o‘quv dasturi talabiga javob beruvchi axborot manbalarini tanlashni
ta’min etuvchi rejani yozma ravishda bayon eta bilishi;
• maktabda axborot xizmatini rivojlantira bilishi;
• o‘qituvchi va o‘quvchilarning axborotga va adabiyotlarga bo‘lgan
ehtiyoji
hamda qiziqishini o‘rganish va baholay bilishi;
• axborot xizmatining muqobil tizimini rejalashtirishi;
• o‘quvchi va o‘qituvchilarga yordam tariqasida
adabiyotlar hamda axborot
manbalari va bibliografiyasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi;
• o‘zlashtirilgan axborotlarni saqlashda ilg‘or
texnologiya yutuqlaridan
foydalana bilish;
• axborotlarni izlash jarayonida o‘quvchilar ehtiyojini o‘rganishni tahlil qilish
ko‘nikmasini o‘stirish;
• adabiyot, risola, maqola, illyustratsiya, fotonusxa kabi materiallar asosida
jamg‘armani boyita bilish;
• maktabdan tashqari axborot manbalaridan birgalikda foydalanish imkonini
beruvchi axborot tarmog‘i bilan kutubxonani bog‘lash.
Viloyat axborot-kutubxona markazlarida «kutubxonachilar maktabi» tashkil
etilsa, foydadan holi bo‘lmasa kerak. Kutubxonachilar maktabi tarkibiga rahbarlar