Umum ta’lim maktablari kutubxonalari ishini to‘g‘ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona xodimlariga qo‘yiladigan kasbiy talablar. Kutubxona xodimlarining tashkilotchilik qobiliyatlari
Maktab kutubxonachisining huquqlari
Download 315.33 Kb. Pdf ko'rish
|
V18qrB2CsNf5orGp1IGKLma31u6PCTxsNnXMQxn2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab kutubxonachisining javobgarliklari
Maktab kutubxonachisining huquqlari
Kutubxonachi o‘z vakolotlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: - mehnat qonunchiligida belgillangan ichki ish tartibi qoidalariga bo‘ysunadi; - kutubxonachi o‘z vazifalariga aloqasi bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etilishi ta’qiqlanadi. - kitobxonlar bilan ishlashning ish rejasida tasdiqlangan shakllari va usullarini qo‘llash va kutubxona ishini rejalashtirishda ishtirok etadi; - tarbiyaviy ishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; - o‘z faoliyatining o‘ziga xos jihatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan seminarlar va kengashlar ishida ishtirok etadi; - har yili 24 ish kuni mehnat ta’tilini oladi; - xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish uchun qo‘shimcha haq, yuqori ish sifati, unvonlar va mukofotlar uchun ustamalar olish huquqiga ega; -kurslardan o‘tish yoki boshqa usullar bilan malakasini davriy ravishda oshirib boradi; -kasbiy sha’ni va obro‘sini himoya qilish. Maktab kutubxonachisining javobgarliklari -maktab kutubxonachisi maktabning ichki mehnat tartibi qoidalarini, maktab direktorining, hududiy kutubxona rahbarining qonuniy farmoyishlarini va boshqa maxalliy me’yoriy hujjatlarni, ushbu Yo‘riqnoma bilan o‘rnatilgan lavozim majburiyatlarini uzrli sabablarsiz bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi, shu jumladan, berilgan huquqlardan foydalanmagani uchun mehnat qonunchiligida belgillangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi; -mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzganligi uchun intizomiy jazo sifatida ishdan ozod qilish qo‘llanilishi mumkin; -maktab kutubxonachisi ta’lim oluvchining shaxsiga jismoniy yoki psixik zo‘ravonlik o‘tkazish bilan bog‘liq, tarbiya metodlarini, shu jumladan, bir marta, qo‘llagani uchun mehnat qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Bu ayb uchun ishdan bo‘shatish intizomiy javobgarlik chorasi hisoblanmaydi; -yong‘in xavfsizligi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, kutubxona ishining sanitariya-gigiena qoidalarini buzganlik uchun kutubxonachi, ma’muriy qonunlarda ko‘zda tutilgan hollarda va tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. -odob axloq qoidalariga rioya qiladi. Tinglovchilarga kutubxona yo‘nalishidagi ishini to‘g‘ri tashkil etishda malakali mutaxassislarni ta’minlanishi, bugungi kunda zamonaviy kutubxonachiga qo‘yilgan kasbiy talablar haqida ma’lumot berish. Kutubxonada ishlashga kasbiy kutubxonachilik malakasiga va axborot-texnika tayyorgarligiga ega shaxslar qabul qilinadi. Kutubxona xodimlari soni ta’lim muassasalari kutubxonalari namunaviy shtatlari asosida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladi. Kutubxonachi maktab jamoatchiligining hamma a’zolariga: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ma’muriyat, tarbiyachilar, ota-onalar va boshqa kitobxonlar toifalariga xizmat ko‘rsatadi. Uzluksiz kutubxona xizmati tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash jiddiy o‘rin tutadi. Kutunxonani rivojlantirish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar, fan, ta’lim va madaniyatning yuksalishiga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga, axborot manbai bo‘lgan kutubxonalarning faoliyatiga ham katta o‘zgarishlar kiritilishiga va zamon talablariga mos darajada rivojlanishiga zamin yaratdi. Axborot kutubxona muassasalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil bilim egallashiga erishish, xalqaro kutubxonalararo abonement tizimini yo‘lga quyilishi, elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish orqali axborot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish uchun katta imkoniyatlar eshigi ochib berildi. Axborot kutubxona markazida zamon talablariga hamohang holda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishi, aholining ma’naviy ongi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishda yaxshi samara beradi. Har bir kutubxona xodimi o‘quvchilarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ijodiy yondashgan holda, faoliyatiga yangi kutubxonachilik uslublarini joriy etib, bosqichma-bosqich amalga oshirishi bugungi kun talabi hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim muassasasi maktab kutubxonachilari kitob targ‘iboti, kitobxonlikka o‘rgatishni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Chunki kichik yoshdagi bolajonlar juda qiziquvchan, sersavol bo‘lib, ular doimo nimalarnidir bilishga, o‘rganishga, birinchi bo‘lishga oshiqadilar. Albatta, ularning savollariga javob berish barchamizning asosiy vazifamizdir. Bu vazifani bajarish bolajonlarning kamol topishida boshlang‘ich qadam bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kitob targ‘ibotini tashkil qilishda bolalarning Yoshi va qiziqishiga qarab ko‘chma kutubxonalar tashkil qilish lozim. Ertaklar, hikoyalar va masallar o‘qib berish, hikoya qilish, teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirish, ko‘rganlari asosida rasmlar chizish mashg‘ulotlarini o‘tkazish, diafilmlar, diapozitivlar orqali asar qahramonlari va asar haqida tushunchalar berish, ketma-ket mazmunni o‘zida mujassam etgan hikoya qilishga mo‘ljallangan rasmlardan foydalanish, tez aytish, topishmoqlar yod oldirish kabi bir qancha xizmat turlaridan foydalanish mumkin. Bu kabi kutubxonachilik xizmat turlari bolajonlarning idrok etishi, fikrlashi, og‘zaki nutqi, dunyoqarashini shakllantirish uchun xizmat qiladi. SHuning uchun ham kitobxonlarni maktab ostonasida har tomonlama fikrlaydigan, ma’naviy yetuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil qila oladigan, o‘z fikrini bildirib, uni himoya qila oladigan, tengdoshlariga olgan axborotlarini tushuntira oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash kutubxonachilar va o‘qituvchilarining asosiy vazifasidir. Kutubxona xodimlari soni ta’lim muassasalari kutubxonalari namunaviy shtatlari asosida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladi. Kutubxonachi maktab jamoatchiligining hamma a’zolariga: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ma’muriyat, tarbiyachilar, ota-onalar va boshqa kitobxonlar toifalariga xizmat kursatadi. Foydalanuvchilarning asosiy guruhlari bu - o‘quvchilar va o‘qituvchilar, lekin, boshqa toifadagi mutaxassislarni, aynan ma’muriyat, tarbiyachilar hamda mahalla jamoatchiligi vakillarini ham nazarda tutish kerak. Kutubxonaning jami xodimlari, kutubxonaning ishlashini hamda texnikaviy, axborot, dasturiy va boshqa xizmatlar bo‘yicha kadrlar tarkibining zamonaviy darajada tayyorgarligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradi. Kutubxonachilarni tayyorlash, Qayta tayyorlash xizmatlari, malakasini oshirish kurslarini; kutubxonani boshqarishning zamonaviy metodlarini o‘rgatish dasturlarini o‘z ichiga oladi. Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi va uning normal ishlashi bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun lavozim yuriqnomalari, buyruqlar majmuidan iborat. Uzluksiz kutubxona xizmati tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash jiddiy o‘rin tutadi. Malaka oshirish - kutubxonachining egallagan lavozimi va funktsional majburiyatlariga muvofiq uning kasbiy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadini ko‘zda tutadi. Qayta tayyorlash - yangi avtomatlashtirilgan kutubxona texnologiyalari joriy qilinishi munosabati bilan boshqa lavozimga, kutubxona ishining boshqa uchastkasiga o‘tishda yangi kasbiy bilimlarini o‘zlashtirish maqsadini ko‘zda tutadi. Shuningdek, kutubxonachilarning turli guruhlar va toifalariga kutubxonaning turi, kutubxonachining egallagan lavozimi va funktsional ixtisoslashuvi, uning ma’lumoti, staji va ish tajribasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan yondashuv ham jiddiy ahamiyatga ega. Bunda yangi ish boshlanayotgan, maxsus kutubxonachilik ma’lumoti bo‘lmagan xodimlarga alohida ahamiyat berish lozim. Kutubxonachilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning umumjamoaviy shakllari orasida kutubxonachilarning o‘zaro ko‘p umumiylikka ega bo‘lgan yig‘ilishlari, seminarlari, davra suhbatlari eng ko‘p tarqalgan. Kutubxonachilarni eng yaxshi axborot-kutubxonalar bazasida amaliy yuritish shakli bo‘lgan «Ilg‘or tajriba maktabi» maxsus kutubxonachilik ma’lumoti bo‘lmagan kadrlarga mo‘ljallangan. «Yosh kutubxonachi maktabi» ham malaka oshirish shakllaridan hisoblanadi. Kutubxonachilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amaliyotida turli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha muammoli ta’lim metodlaridan, ishchanlik va innovatsion o‘yinlardan, treninglar, kutubxona amaliyotidagi muayyan ishlab chiqarish vaziyatlarini modellashtirishga yunaltirilgan aniq vaziyatlarni tahlil qilishdan faol foydalanish zarur. Yakka malaka oshirish shakllari orasida praktikumlar va stajirovkalar eng ko‘p tarqalgan. Download 315.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling