Umum ta’lim maktablari kutubxonalari ishini to‘g‘ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona xodimlariga qo‘yiladigan kasbiy talablar. Kutubxona xodimlarining tashkilotchilik qobiliyatlari


Download 315.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana24.03.2023
Hajmi315.33 Kb.
#1293252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
V18qrB2CsNf5orGp1IGKLma31u6PCTxsNnXMQxn2

Amaliyotlar yangi ish boshlayotgan, maxsus kutubxonachilik ma’lumoti 
bo‘lmagan xodimlar uchun tashkil qilinadi. Praktikumlar eng yaxshi kutubxonalar 
bazasida o‘tkaziladi. Praktikumlardan maqsad amaldagi kutubxonachilik ishi 
asoslari bilan tanishtirish va eng zarur amaliy va kasbiy bilimlar berish 
hisoblanadi.
Malakalar kutubxonachilarning nazariy va amaliy tayyogarliklarini 
chuqurlashtirish va takomillashtirish, ularning yangi ish uchastkalarini, yangi 
funktsional majburiyatlarni, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish maqsadlarida 
o‘tkaziladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan shakllar malaka oshirishning asosiy shakli bo‘lgan 
kutubxonachilarning kasbiy mustaqil bilim olishlari o‘rnini bosmaydi.
Umumta’lim maktab kutubxona xodimlariga qo‘yiladigan kasbiy 
talablar.
Kutubxonada ishlashga kasbiy kutubxonachilik malakasiga va axborot-
texnika tayyorgarligiga ega shaxslar qabul qilinadi. Shuningdek, pedagogik 
ma’lumotga va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda resurslar bilan 
ishlash ko‘nikmalariga ega shaxslarni ham ishga qabul qilish mumkin.
Kutubxona xodimlari soni ta’lim muassasalari kutubxonalari namunaviy 
shtatlari asosida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladi. Kutubxona maktab 
jamoatchiligining hamma a’zolariga: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ma’muriyat, 
tarbiyachilar, ota-onalar va boshqa kitobxonlar toifalariga xizmat ko‘rsatadi. 
Kitobxonlarning asosiy guruhlari bu - o‘quvchilar va o‘qituvchilar, lekin, boshqa 
toifadagi mutaxassislarni, aynan ma’muriyat, tarbiyachilar hamda mahalla 
jamoatchiligi vakillarini ham nazarda tutish kerak.
Bugungi kun kutubxonachisi, o‘zbek va dunyo adabiyotining durdonalarini 
targ‘ib etish borasida barcha yosh toifasidagi foydalanuvchilarni kutubxonalarga 
jalb eta oladimi?
Kutubxonachi bunga tayyormi?


Avvalo bugungi kun kutubxonachisi qanday xislatlarga ega bo‘lishi zarur? 
- kutubxonachi - o‘z kasbini sevishi; 
- kutubxonachi - sohasi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi; (xoh oliy, 
xoh o‘rta maxsus); 
- kutubxonachi - axborot – texnologiyalaridan foydalanishni mukammal 
bilishi; 
- kutubxonachi - psixolog bo‘lishi; 
- kutubxonachi - har ishda tashabbuskor, tashkilotchi bo‘lishi; 
- kutubxonachi - namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy 
qobiliyatlar, xushmuomalalik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; 
- kutubxonachi o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va 
ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur. 

Download 315.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling