Umum ta’lim maktablari kutubxonalari ishini to‘g‘ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona xodimlariga qo‘yiladigan kasbiy talablar. Kutubxona xodimlarining tashkilotchilik qobiliyatlari


Kutubxonachi – psixolog bo‘lishi zarurligi


Download 315.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana24.03.2023
Hajmi315.33 Kb.
#1293252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
V18qrB2CsNf5orGp1IGKLma31u6PCTxsNnXMQxn2

Kutubxonachi – psixolog bo‘lishi zarurligi, psixologik ta’sir- 
foydalanuvchilarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlarini o‘rganish orqali 
uning ehtiyojini aniqlaydi va kutubxonaga jalb eta oladi. Kutubxonachining 
foydalanuvchiga motivatsiya o‘tkazish orqali kutubxonaga jalb etishi oson kechadi 
va kitobga bo‘lgan munosabatini o‘zgartira oladi. 
Kutubxonachi – har ishda tashabbuskor, tashkilotchi bo‘lishi zarur
chunki bugungi kuning talabi va maqsadiga bu orqali erishish mumkin. Yangidan-
yangi tashabbuslar, g‘oyalar, fikrlar ishni oldinga siljishiga imkoniyat yaratadi. 
Kutubxonachi – layoqatli bo‘lishi zarurligi, chunki layoqatlar asosida 
iqtidor va qobiliyatlar rivojlanadi. Har doim ham qobiliyat va iqtidor egasi har 
qanday vaziyatda qobiliyati va iqtidori bilan g‘olib chiqadi. 
Kutubxonachi – o‘z-o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarashi lozim, sababi o‘z 
ishidan qoniqmaslik, yana bir yangi bir g‘oyaning kelib chiqishiga, o‘z ustida 
ishlashiga turtki bo‘ladi. 
Kutubxonachi «universal» kutubxonachi bo‘lishi shart va zarur. Albatta, 
bunday qobiliyat, iste’dod har bir kutubxonachida bor, faqatgina kutubxonachidan 
ozgina harakat, bilim va malaka zarur. 
Ko‘p narsa kutubxonachining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Ular bir 
tomondan axborot- kutubxona faoliyatida ishlash natijasida xosil bo‘lgan umumiy 
xarakterlar: konservatizm, tartibni sevish, bilimlarni tizimlashtirish, avtoritetlarni 
xurmatlash, kasbi bilan faxrlanish, etikaga rioya qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
kutubxonachining individualligi, ichki qarashlar, qaror qabul qilishdagi qat’iylik, 
jamoadagi muxit va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda axloqiy me’yorlarga 
rioya qilish kabilar kiradi. SHu bilan birga foydalanuvchilar bilan muloqotda 
kutubxonachilik odob -axloqi xam katta rol o‘ynaydi. Kutubxonachining kasbiy 
odob- axloqiga kutubxonaga tashrif buyuruvchilar, ularning ijtimoiy statusi, 


egallab turgan mansabi, yoshi, tashqi ko‘rinish va boshqalarga qaramasdan 
barchasiga birday samimiy va hurmat bilan muomala qilishga rioya etish kiradi. 
Shu bilan birga, kasbiga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi vazminlik, 
ko‘ngilchanlik, iltifotlilik, o‘z fikrni aniq yetkazib berishni bilishi, kutubxonadan 
foydalanuvchini qiziqtirgan mavzuda suxbat olib bora olishi,o‘z nuqtai nazarini 
asoslab bera olishi kerak. 

Download 315.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling