Umum ta’lim maktablari kutubxonalari ishini to‘g‘ri tashkil etishda malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi, kutubxona xodimlariga qo‘yiladigan kasbiy talablar. Kutubxona xodimlarining tashkilotchilik qobiliyatlari


Kutubxona jamg‘armasini shakllantirish va saqlash bo‘yicha


Download 315.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana24.03.2023
Hajmi315.33 Kb.
#1293252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
V18qrB2CsNf5orGp1IGKLma31u6PCTxsNnXMQxn2

 Kutubxona jamg‘armasini shakllantirish va saqlash bo‘yicha: 
- “Maktab kutubxonalari uchun kutubxonachilik texnikasi minimumi”ga 
muvofiq fond hisobini yuritadi; 
-olingan hujjatlarga texnik ishlov berishni tashkil qiladi; 
-jamg‘arma tarkibini va undan foydalanishini o‘rganadi va tahlil qiladi; 
-ochiq olinadigan kutubxona jamg‘armasining saqlanishi bo‘yicha oldindan 
tadbirlarni belgilaydi, hujjatlarning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun choralar ko‘radi; 
-jamg‘armaning to‘g‘ri joylashtirilishini kuzatib boradi; 
-o‘quvchilar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, muassasaning boshqa xodimlari, 
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni kutubxonaga a’zo qiladi va 
kitobxonlarga berilgan hujjatlar ustidan nazoratni ta’minlaydi; 
-kutubxonada va saqlash xonalarida xavfsizlik texnikasi, sanitariya, yong‘inga 
qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini kuzatib boradi va kutubxona 
jamg‘armasi saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
-maktab kutubxonalari uchun kutubxona–bibliografik klassifikatsiyasiga 
muvofiq hujjatlarning sistemali-alifboli joylashtirilishini ta’minlaydi; 
-kutubxona jamg‘armasini tokchali va harfli ajratkichlar, tokchali va stendli 
ko‘rgazmalar yordamida rasmiylashtiradi; 
-kutubxonaning kitob va boshqa jamg‘armalariga kitobxonlarning 
(foydalanuvchilarning) aybi bilan va kitoblar kamomadi, ularni yo‘qotish yoki 
buzish bilan bog‘liq yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda undirib olish 
choralarini ko‘radi; 
-umumta’lim muassasasi g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarida, 
kasaba uyushmalari hamda fan o‘qituvchilari hamkorligida tadbirlar o‘tkazadi;
-darsliklar fondini saqlash uchun alohida xona ajratadi va darsliklar fondini 
hisobga olish, saqlash kutubxona hisobidan chiqarish, ularni sinflar bo‘yicha qayta 
taqsimlashni muassasa rahbarligida amalga oshiradi; 
-darsliklar fondini saqlash bo‘yicha ishlashni ta’minlaydi. 



Download 315.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling