Умумий психодиагностика
Kafedra mudiri: ____________ D. Alibekov
Download 1.67 Mb.
|
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z BOSHI...................................... 3
- 1-mavzu.
- 3-mavzu.
- 5-mavzu.
- 10-mavzu.
- 12-mavzu.
- 14-mavzu.
- 16-mavzu.
- 18-mavzu.
- 20-mavzu.
- 22-mavzu.
- ILOVALAR............................................ SO‘Z BOSHI
Kafedra mudiri: ____________ D. Alibekov
“Umumiy psixologiyasi” fanidan tayyorlangan ma’ruza matni “Psixologiya” fakulteti 2022- yil “____” ________ dagi uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. Fakultet uslubiy kengashi raisi: _______________ N. Alimov MUNDARIJA
SO‘Z BOSHI Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy o‘zgarishlarning tub zamirida taraqqiyotning yangi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar turibdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-iqtisodiy islohotlarning tub zamirida inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash masalasi yotibdi. Xalq farovonligini yanada yaxshilash, davlat va jamiyat hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish borasidagi vazifalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mujassam qilingan. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 20.04.2017 y. PQ-2909)1) esa oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar aniq belgilab berilgan. Ushbu qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq kadrlar tayyorlash jarayonining mazmunini tashkil qilishda pedagog faoliyati va uning me’yoriy hujjatlarini tatbiq qilishi tartibi muhim o‘rin tutadi. Oliy ta’lim tizimida qo‘yilayotgan talablarga muvofiq ta’lim mazmunini boyitishishda taqdim qilinayotgan o‘quv materiallarining zamon bilan hamnafasligi va davrga mosligi qo‘yilgan maqsadga erishishning muhim sharti sanaladi. Shuni inobatga olgan holda fanlar bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua pedagog faoliyatining bir bo‘lagi sanaladi. Mazkur o‘quv uslubiy majmua “Umumiy psixologiya (shaxs psixologiyasi)” fanidan “60310904 Psixologiya (oila psixologiyasi) va 60310905 Psixologiya (yoshlar psixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Psixologiya fakultetining “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. “Umumiy psixologiya” fani o‘quv uslubiy majmuasini yaratishda yetakchi xorijiy OTMlari o‘quv dasturlariga asosiy adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p., Boeree C. G. Personality Theories. Psychology Department Shippensburg University. 1997. – R.3., Philip J. Corr, Gerald Matthews. Personality Psychology. Cambridge University Press 2009.-906 R., Duane P.Schultz, Sydney Ellen Schultz. Theories of personality. COPYRIGHT © 2005 Wadsworth.-550 P. adabiyotlardan foylalanildi. “Umumiy psixologiya (shaxs psixologiyasi)” fani “60310904 Psixologiya (oila psixologiyasi) va 60310905 Psixologiya (yoshlar psixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga asosan 2-semetrda 90 soatlik auditoriya soatida o‘qitiladi. Unda umumiy psixologiya fanining shaxs psixologiyasi predmeti, maqsad va vazifalari, shaxs va u bilan bog‘liq tushunchalar, shaxs nazariyalari, shaxs tuzilmasi, shaxsning individual-psixologik xususiyatlar, shaxsning sotsiallashuvi, shaxsning Men konsepsiyasi, shaxsning o‘zini o‘zi anglashi va shaxsdagi buzilishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar keltirilgan, namunaviy misollar asosida tushuntirilgan. “Umumiy psixologiya (shaxs psixologiyasi)” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr shaxs psixologiyasining kasbiy faolliyatda foydalanishning o‘rni, shaxs bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ushbu o‘quv uslubiy qo‘llanma beshta qismdan iborat bo‘lib, ular sillabus, ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv dastur, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va seminar mashg‘ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro‘yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari)dan tashkil topgan. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling