Умумий психодиагностика
Download 1.67 Mb.
|
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Torndayk effekti
Mashg‘ulot maqsadi: shaxsning o‘rganishlar nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: O‘rganishlar nazariyasining mazmunini talqin qila oladi. O‘rganishlar nazariyasi vakillarining shaxsga doir nazariy qarashlarini qiyosiy tushuntira oladi. Psixologiya tarixida vujudga kelgan bixeviorizm maktabi shaxsni o‘rganishda ham o‘ziga o‘rga ega. Ushbu maktab vakillarinig g‘oyasi xulq-atvorni o‘rganish asosiy masala sifatida o‘rin olgan bo‘lsa-da, uning ayrim vakillari muammoni tahlil etishda o‘zlarining pozitsiyalariga egadirlar. Bixeviorizmning asosiy g‘oyasi920-asrda amerikalik psixologiya maktabining haqiqiy qiyofasi sifatida maydonga chiqdi. Uning asoschisi Djon Uotson (1878-1958) bu yo‘nalishning haqiqiy yo‘lboshchisi sifatida shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bixevio tushunchasi (behavior) inglizchadan tarjima qilganda xulq-atvor degan ma’noni anglatadi. Bixeviorizm tushunchasi tarjima qilganda –xulq-atvor psixologiyasi ma’nosini anglatadi.Xulq-atvorni tahlil qilish to‘liq ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, tashqi kuzatiladigan reaksiyalar bilan cheklanadi. Insonning fikri, ongini ko‘rib bo‘lmaydi, ularni o‘lchash mumkin emas, bundan ko‘rinadiki barchasini ob’ektiv qayd etish imkoniyatini bo‘lmaydi. Insonning ichki olamida kechayotganlarni o‘rganish mikoni yo‘q. Demak, shaxs “qora quti” sifatida ishtirkok etadi. Inson harakatining tashqi ifodalanishining ob’ektivligini stimullar va vaziyatlar shartlaydi. SHunday ekan psixologiyaning vazifasi stimullar bo‘yicha namoyon bo‘ladigan ma’lum reaksiyalar belgilaydi. Bixevioristlar nuqtai nazaricha shaxs mazkur insonga xos xulqiy reaksiyalarning majmuidan iborat. Stimul-reaksiya (SR ) formulasi bixeviorizmda etakchi hisoblanadi. Torndayk effekti qonuni S va R o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashtiradi, agar mustahkamlanish bo‘lganda. U ijobiy bo‘ladi, qachonki rag‘batlantirish, kutilgan natija olinganda, moddiy rag‘batlantirish yoki salbiy bo‘ladi, qachonki, og‘riq, jazolash, omadsizlik, tanqidiy ogohlantirish yuz berganda. Insoning xulq-atvori ko‘pincha ijobiy qo‘llab-quvvatlashni kutgandan, ba’zan salbiy kuchlar qochishga sabab bo‘ladi. Shunday qidib, bixeviorizm yo‘nalishiga ko‘ra shaxs individga nisbatan ongli tartibga solingan instiktlar, sotsiallashgan emotsiyalar, yangi ko‘nikmalarni shakllanishiga ko‘maklashuvchi plastiklik, muhitga molashuviga ko‘maklashuvchi va ularning saqlashga xizma qiluvchi qobiliyatlarni o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling