Умумий психология


Download 124.14 Kb.
bet5/38
Sana16.06.2023
Hajmi124.14 Kb.
#1511968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Умумий психология

Analizatorlar - bu nerv fiziologik apparat bo’lib, periferiyadagi nerv uchidan (reseptor) sezuvchi nervdan( o’tkazish yo’li) va miya qobiqining tegishli qo’zg’atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to’g’risidagi ta'limoti ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir.
Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta'sirlagichlar va ularning izlari bilan signallashib ular organizmning ko’rish, eshitish reseptorlariga bevosita kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi bo’lib, odam va hayvonlarda umumiydir. So’zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. So’zlar narsa va hodisalardan kelayotgan signallarning o’rnini egallagani uchun I.P.Pavlov tomonidan "signallar signali" deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati
birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog’liq tarzda boradi. Ikkinchi signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi.
Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson psixikasining idora etuvchi va o’zgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi. I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o’zgartirish yo’li bilan yechishga intildilar. Nerv tizimining reflektorlik faoliyati borasida qator ishlar amalga oshirilgan bo’lib, ular tomonidan turli sxemalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Bernshteyn bo’yicha reflektor aylanasi quyidagi ko’rinishga ega. Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining ko’p yillarini bag’ishlagan rus fiziologi P.K.Anoxin(1898-1974) qaytarma afferentasiya tizimlarini aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini rejalashtiruvchi va idora etuvchi o’ziga xos funksional organlarga ajratildi.
Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi F.Gall XIX asrning boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli nerv to’qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog’liq deb isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma'lum bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida kuzatishgan. Shu yo’l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq
artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so’ngra esa o’sha chap yarim sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida "nutqni tushunishini idora qiladigan" Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan atalgan) ajratilgan. Mashhur neyropsixolog A.R.Luriyaning fikricha, aynan shuning uchun miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni "lokalizasiyalash" vazifasi "ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan birgalikda ishlovchi miya zonalarining o’sha tizimini tahlili, boshqacha aytganda qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari bo’ylab, tegishli tizimlar bo’ylab, joylashganligini tahlili" vazifasi bilan almashtirilishi lozim.
Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1-blok - energetik blok, u miya po’stloq qismining normal ishlash tonusini ta'minlaydi. Miya po’stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan).
3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi (peshona qismida joylashgan).
Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar kuzatiladi. hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega bo’lgan bir vaqtda odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) bo’lib, o’ng miya yarim shari esa unga bo’ysungandir va bu o’ng qo’lning yetakchi roli bilan bog’langan (chapaqaylarda bunday dominantlik yoki o’chib ketadi, yoki o’ng yarim sharga o’tadi).
Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati va faoliyatining murakkab shakllarini idora etish bilan bog’liq bo’lgan nutq markazlari joylashgan.
Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operasiyalarning (semantik afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi o’ng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur komponentlarini va emosional jarayonlarini buzadi.
To’plangan ilmiy ma'lumot asosida shuni ta'kidlash mumkinki, chap miya yarim sharining miya o’ng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir.
Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.



  1. Шахснинг билиш фаолияти.

Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.


Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish mumkin.

Download 124.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling