11._Parazitizmning kelib chiqishi to’g’risida turli olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflar. Parazitlarning kelib chiqishi. Yerda organik olamni paydo bo’lishi bilan birga
parazitlar qachondan paydo bo’lgani haqida turli fikrlar mavjud, aniq bir to’xtamli
fikr yo’q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo’ladigan turli dalillar
mavjud.Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin
yashovchi organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar guruhlarida turli
yo’llar bilan boradi.Ye.N.Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo’lishidan bir oz yoshroq
deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida
paydo bo’lgan. Ko’pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi.
Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o’tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan
bog’liq.Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo’lishi to’g’risida ham turli fikrlar
mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali
hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog’liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha
parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi.
K.I.Skryabin va V.M.Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar
asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda
rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo
bo’lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo’jayin
bo’lolmaydi deydi va bir qancha misollar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |