Umumiy doc
Suyuqlikli manometrik termometrlar
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Suyuqlikli manometrik termometrlar tizimi boshlang‘ich bosim ostida
suyuklik bilan to‘ldiriladi. Buning uchun simob, ksilol, propil alkogol, metaksilol va hokazolar ishlatiladi. Suyuklikli termometrlar uchun bog‘lovchi kapillyarlar uzunligi 0,6 m dan 10 metrgacha bo‘ladi. Bu termometrlar — 150°S dan 600°S gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashga imkon beradi. Termoballon harorati t 0 dan t gacha orttirilganda undagi suyuklik kengayadi, ortikcha hajm kapillyarga va monometrik prujinaga ta’sir etadi. Broq, termoballon va kapillyar qattiqligi monometrik prujinanikidan anchagina ko‘p, shuning uchun, tizim PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 48 hajmining orttirilishi monometrik prujina hajmining o‘zgarishi hisobidan bo‘ladi. Monometrik prujinaning deformasiyalanishi natijasida uning erkin uchi siljiydi. Suyuqlik uchun harorat ta’sirida o‘zgargan bosimni quyidagi tenglama orqali topish mumkin: t P ∆ ⋅ = ∆ µ β (2.15) bu erda, ∆R — berilgan bosimning o‘zgarishi, N/m 2 ; β — berilgan suyuklikning xajmiy kengayish koeffisienti, град 1 ; ∆t - haroratning o‘zgarishi, °S; μ – berilgan suyuqlik xajmining kamayish koeffisienti, m 2 /N. Termoballondan siqib chiqariladigan ortikcha suyuqlik hajmi quyidagi tenglama yordamida hisoblanishi mumkin: ) )( 3 ( 0 0 t t a V V − − = ∆ β (2.16) bu erda, V 0 — t 0 haroratda termoballondagi suyuqlik xajmi; a — termoballon materiali chizikli kengayishining temperatura koeffisienti; β — suyuklik hajmiy kengayishining temperatura koeffisienti. (2.16) tenglamadan ko‘rinadiki, qizdirishda suyuqlik hajmining o‘zgarishi haroratning chiziqli funksiyasidan iborat ekan. SHuning uchun, suyuqlikli termometrlarning shkalasi gazli termometrniki kabi tekis bo‘ladi. Termometrdagi suyuqlik qaynab ketmasligi uchun undagi boshlang‘ich bosim 1,47...4,96 mN/m 2 (15...50 kg/sm 2 ) gacha bo‘lishi mumkin. Ta’kidlab aytamizki atrof - muhit haroratining o‘zgarishidan kelib chiqadigan xatolik suyuqlikli termometrlarda gazli termometrlarga qaraganda katta. Bu xatoliklar gazli termometrlar uchun hisoblanadigan tenglamalar bo‘yicha hisoblanaveradi. Kapillyar haroratining o‘zgarishida ayniqsa katta xatoliklar yuzaga keladi. SHuning uchun, kapillyarning uzunligi katta bo‘lganda kompensasion qurilmadan foydalanish zarur. Suyuqlikli termometrlarda termoballonning manometrga nisbatan balandligi bo‘yicha turlicha joylashishidan kelib chiqadigan xatolikni ham e’tiborga olish lozim. Bu xatolikni, asbobni o‘rnatgandan keyin, nolni to‘g‘rilash hisobiga kompensasiya qilish mumkin. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling