Umumiy doc
Datchiklar ulangan UDR – 011 ultratovushli Dopler sarflagichi
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Datchiklar ulangan UDR – 011 ultratovushli Dopler sarflagichi
Asbob truboprovod (quvur) ning tashqi tomonida joylashgan ikkita EP (4.21 – rasm) ni va kvars generotori, quvvat kuchaytirgichi, kvadratur qabul qilgich (priyomnik), fazoviy detektor (FD), qabul qilingan signal spektrining og‘irlik markazini baholash sxemasi bilan hosil qilingan elektron blokni, shuningdek, mikroprosessor negizida ishlangan mikroEHM ni o‘z ichiga oladi. Mazkur asbobda qabul qilingan signalning kvadratur demodulyasiyasi prinsipi amalga oshirilgan bo‘lib, u suyuqlik harakatining yo‘nalishini aniqlashga imkon beradi. Quvvat kuchaytirgichining chiqishidan kelayotgan, w 0 chastotali uzluksiz tebranishlar bilan uyg‘otiladigan EP1 truboprovod o‘qiga burchak ostida nazorat qilinayotgan muhitga nurlanuvchi ultratovushli to‘lqinni vujudga keltiradi. Qabul qilingan tebranishlar qabul qilgich (priyomnik) ka uzatiladi. Uning chiqishida dopler chastotali kvadratur signal ajralib chiqib, u bir tomondan FD ga keladi, ikkinchi tomondan spektrning og‘irlik markazini baholash sxemasining kirishiga keladi. Δ w st ning son qiymati mikroEHM ga kelib tushadi, u erda (4.34) va (4.35) munosabatlarga muvofiq sarf Q ning qiymatini hisoblash amalga oshiriladi. UVR – 011 va UDR – 011 sarf o‘lchagichlarning asosiy xarkteristikalari (tavsiflari) 4.1 – jadvalda keltirilgan. Ikkala asbob qo‘llanishga ruxat etilgan o‘lchov texnikasi vositalarining Davlat rietriga kiritilgan. Asboblarni ishlatishning davomiyligi yig‘indisi hozirgi vaqtga kelib 4000 sutkadan ortiqni tashkil etadi. Asboblarning asosiy tavsiflari 4.1 – jadval PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 157 Sarflagichning parametrlari 1UDR – 011 1UVR – 011 Quvurning ichki diametri, mm 140 – 1600 190 – 1600 Oqim tezligini o‘lchash diapazoni, m/s 0.1 – 6 0.1 – 6 Sarfni o‘lchash diapazoni m 3 /soat O‘lchash xatosi, % ko‘pi bilan 0.4 – 43000 2 2.3 – 43000 1.5 Datchiklarning ishchi temperaturalari diapazoni, 0 S +20 ÷ +100 +20 ÷ +100 Elektron blok ishchi temperaturalari diapazoni, 0 S +5 ...40 +5 ...40 Elektron blokning gabaritlari, mm 340×40×250 340×40×250 Elektron blokning massasi, kg ko‘pi bilan 2.5 2.5 Ta’minot kuchlanishi, V 20 35 220 + − yoki 12 V 20 35 220 + − yoki 12 V Iste’mol qilinadigan quvvat, Vt ko‘pi bilan 12 10 Datchiklar va elektron blok orasidagi masofani, ko‘pi bilan 70 70 Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling