Umumiy doc


-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

8.4-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR 
O‘ZGARTKICHLAR 
Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinasiyalangan elektr-
pnevmatik tizimlarni yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo‘lgan 
asboblar qo‘llaniladi. O‘lchash tizimining elektr va pnevmatik shoxobchalarini 
moslashtirish uchun elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlar chiqariladi. 
Elektr-pnevmatik o‘zgartkich 0—5 mA o‘zgarmas tokning uzluksiz elektr 
signalini bir xillashtirilgan 20—100 kPa qiymatidagi pnevmatik signalga 
o‘zgartirishga mo‘ljallangan. EPP turidagi elektr-pnevmatik o‘zgartkichning 
prinsipial sxemasi 8.13-rasmda tasvirlangan. O‘zgartkich ishi kuch kompensasiyasi 
prinsipiga asoslangan. O‘zgartkichdan nazorat va sozlash tizimlarida elektr analog 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


310 
asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda tizimlar orasida bog‘lanish o‘rnatishda 
foydalaniladi. 
Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o‘zgartkich (magnitoelektrik 
mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchaytirgichdan tuzilgan.
Elektr kirish signali (I = 0—5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga 
beriladi. Bunda magnit o‘tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit 
oqimi paydo bo‘ladi. YAkordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. SHu kuch 
ta’sirida richag 2 ning siljishi soplo 1 aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu 
bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab 
o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi. CHiqish bosimi ta’sirida 
silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‘lgan kuch bilan 
kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0. 
Pnevmo-elektr o‘zgartkich 20—100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik 
signalni 0—5 mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish 
uchun mo‘ljallangan. 
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o‘zgartkichlar ham 
to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘zgartkich, ham qo‘shimcha energiya manbaidan 
foydalanadigan kompensasion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin. 
To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-elektr o‘zgartkich (8.14-rasm) pnevmatik kirish 
signalini qabul qiluvchi o‘lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda 
uzatuvchi o‘zgartkichdan tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 2 ning 
qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan, birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‘amga 
8.13 – расмЭлектр – пневматик 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling