Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Bevosita baholash usuli o‘lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‘lchash 
asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, 
bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr 
bilan o‘lchash va hokazo. Bu usulda o‘lchash aniqligi uncha katta bo‘lmasa ham, 
o‘lchash jarayonining tezligi uni amalda qo‘llanishda tengi yuq usulga aylantiradi. 
Differensial usul o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


18
o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq 
o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiq o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash. 
G‘oyatda aniq o‘lchashlarda o‘lchov bilan taqqoslash usuli qo‘llanadi. Bunda 
o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan takqoslanadi. 
Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element 
EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli 
tarozlarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi 
kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi. 
Nol (kompensasion) usul o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan 
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni 
o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan 
ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo‘la oladi. Nol usul 
o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi. 
1.3-§. O‘LCHASH O‘ZGARTIRISHLARI VA O‘ZGARTKICHLARI 
Texnologik o‘lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha 
ifodalash mumkin: «nimani, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?». SHuning 
uchun, bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o‘lchash usullari va o‘lchashlarning eng 
keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash 
asboblari qarab chiqiladi. 
Ko‘pchilik hollarda o‘lchashlar o‘lchanayotgan fizik kattalikni oldindan 
o‘zgartirish bilan bog‘lik.. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling