Umumiy doc
Parametrik o‘zgartkichlar
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4- §. O‘LCHASH VOSITALARI, ULARNING ELEMENTLARI VA PARAMETRLARI
Parametrik o‘zgartkichlar — shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va
axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Jumladan, agar ob’ektda qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda axborot PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 22 olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish zarur. Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan haroratning o‘zgarishi haqidagi axborot bo‘ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga bog‘lik bo‘lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir. 1.4- §. O‘LCHASH VOSITALARI, ULARNING ELEMENTLARI VA PARAMETRLARI O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik xossalarga, ya’ni kattaliklarning ma’lum sonli qiymatlariga hamda o‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalariga ega bo‘ladi. O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi. O‘lchov — berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh — massa o‘lchovi; o‘lchov rezistori — elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi — yorug‘lik o‘lchovi va hokazo. Bir xil o‘lchamli turli fizik kattalikni kayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda turli o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli o‘lchovlar bor. Ko‘p qiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini tashkil etadi. Masalan, qadoqtoshlar to‘plami, uchlikli uzunlik o‘lchovlari to‘plami, o‘lchov kondensatorlari to‘plami va hokazo. O‘lchovlar magazini—sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar to‘plami. O‘lchovlar magazini elektrotexnikada keng qo‘llaniladi: qarshilik magazini, sig‘imlar magazini, induktivliklar magazini. O‘lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi. Standart namuna — modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‘lchov. Masalan, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 23 tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarning standart namunasi. Namuna modda — tasdiqlangan spesifikasiyada ko‘rsatilgan, tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma’lum xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, «toza» gazlar, «toza» metallar, «toza» suv. Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov axboroti signalini ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi o‘lchov asbobi deyiladi. O‘lchov asbobida kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qiydi yoki sanaydi. O‘lchov asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin. Analog o‘lchov asboblarida asbobning ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat bo‘ladi, raqamli o‘lchov asboblarida esa ko‘rsatishlar o‘lchov axboroti signalini diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo‘llana boshlandi, chunki ularning ko‘rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish qulay. Raqamli asboblarning tuzilishi o‘lchashda analog asboblarga qaraganda katta aniqlikka erishishga imkon beradi. SHu bilan birga raqamli asboblar qo‘llanganda o‘qish xatoligi bo‘lmaydi. Ammo analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda anchagina sodda va arzondir. O‘lchov asboblari ko‘rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinasiyalangan, integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asboblarda raqamli qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o‘qiladi. Qayd qiluvchi asboblarda ko‘rsatuvlarni diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish ko‘zda tutiladi. Kombinasiyalangan asboblar o‘lchanayotgan kattalikni bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi. Integralovchi asboblarda o‘lchanayotgan kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkli o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. Jamlovchi asboblarda ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki bir necha kattalikning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi. Ulchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi o‘lchash o‘zgartkichi deb PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 24 ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichi signallarini qabul qila olmaydi. O‘zgartiriladigan fizik kattalik — kirish kattaligi, uning o‘zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog‘lanishni o‘zgartkich funksiyasi qaror toptiradi. O‘lchash o‘zgartkichlari o‘lchov asboblarining, turli o‘lchov tizimlarining, biror jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalik berilgan o‘lchash o‘zgartkichi birlamchi Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling