Umumiy doc
o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchik
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish o‘lchov asboblari
- . O‘lchov asbobining umumlashgan strukturasi sxemasi
- To‘g‘ri o‘zgartirish prinsipi
o‘zgartkich deyiladi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari, ko‘pincha, datchik deb
yuritiladi. Uning bevosita o‘lchanayotgan fizik kattalik ta’siridagi qismi sezgir element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termojuft, manometrik termometrda tarmoballon ana shunday elementlardir. O‘lchov asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo‘ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf o‘lchagichlar, sath o‘lchagichlar, gaz analizatorlari, konsentratometrlar, nam o‘lchagichlar va hokazo. Ayrim o‘lchov vositalari va o‘lchov tizimlaridan tashqari murakkab axborot- o‘lchov tizimlari ham qo‘llanadi. Ular ko‘plab texnologik uskunalarda avtomatik o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay (o‘lchov kanallari soni ming- minglab bo‘lishi mumkin), balki o‘lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi. SHu munosabat bilan o‘lchash o‘zgartkichlarining axborot-hisoblash mashinalari va qurilmalari kirishiga keladigan signallarini unifikasiyalashtirish (bir xillashtirish) zarurati tug‘iladi. Signallarni unifikasiyalashtirish o‘lchov asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini beradi. O‘lchov vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasiga qarab ish, namuna va etalon o‘lchov asboblariga bo‘linadi. Ish o‘lchov asboblari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o‘lchov asboblariga va texnik o‘lchov asboblariga bo‘linadi. Namuna o‘lchov asboblari ish o‘lchov asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. Etalon asboblari fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 25 o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi. O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash deb ataladi. SHkala asbobni tekshirish bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berish operasiyasi darajalash deb ataladi. O‘lchash vositalari yordamida o‘lchanayotgan fizik kattaliklar o‘lchash axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi. Fizik kattalikni o‘lchashda o‘lchov qurilmasi (asbobi) fizik kattalikni ko‘rsatkichning mutanosib siljitadi: ) (B f = ϕ (1.4) bu erda, φ — asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, V — o‘lchanayotgan fizik kattalik. (1.4) bog‘lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi. Har qanday o‘lchov asbobining ishi oqibat natijada o‘lchanadigan kattalikni ko‘rsatkichning siljishiga moslab o‘zgaririshga keltiriladi. SHu sababli o‘lchash asbobini sxematik ravishda, o‘lchanayotgan fizik kattalik V ni ko‘rsatkichning mexanik siljish miqdori φ ga o‘zgartiradigan o‘zgartkich deb qarash mumkin. Oraliq o‘zgartishlar soniga qarab asbobni bo‘g‘inlarga bo‘lish mumkin, bu bo‘g‘inlarning har biri asbob ichida V miqdorni ma’lum tarzda o‘zgartiradi. Ana shu bo‘g‘inlar majmuasi o‘lchanayotgan kattalikning talab etilgan o‘zgarishini ko‘rsatkichning siljishi φ ga o‘zgartiradi. 1.2– rasm. O‘lchov asbobining umumlashgan strukturasi sxemasi Istalgan o‘lchov asbobining struktura sxemasi, uning ishlash, prinsipidan qat’i В Ўб 1 Ўб 2 Ўб 3 Ўб n Ўлчов асбоби B n =y В 1 В 2 В 3 В n-1 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 26 nazar, ketma-ket ulangan o‘lchash bo‘g‘inlari O‘B 1, O‘B 2 , O‘B 3 ,.....,O‘B n , (1.2-rasm) qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo‘g‘in O‘B 1 uchun kirish qiymati bo‘lib V kattalik xizmat kiladi. Har bir bo‘g‘inning chikish qiymati keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi O‘B n bo‘g‘inning chikish qiymati ko‘rsatkichning V n = φ siljishini anglatadi. Umumiy holda o‘lchov vositalarining struktura sxemasini qurish prinsipiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o‘lchash sxemasi va signali moslashtiriladigan o‘lchash sxemalari. To‘g‘ri o‘zgartirish prinsipi bo‘yicha qurilma o‘lchov vositalarida o‘lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki uning o‘lchash zanjiri qismidan iborat bo‘lgan sezgir elementga keladi. O‘lchash zanjirida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr toki kuchi yoki kuchlanishi. siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanash qurilmasi qolishi mumkin. To‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, etarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, kichik signallarini o‘lchashda foydalanib bo‘lmaydi. Defferensial o‘zgartkichlar va ular bilan o‘lchash sxemalari signali to‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari turlaridan biridir. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling